F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet43/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Bozor - bu xaridor bilan sotuvchilar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biri bilan bog'laydigan mexanizmdir. Bozorga tovar egasi sotish uchun, xaridor narsa sotib olish uchun chiqadi.
Bozordagi sotuvchi va xaridorlar kimlar?
Sotuvchilar - bu tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermalar, termer xo'jaliklari, yakka tartibda ishlab chiqaruvchi kishilardir.
Xaridor esa barcha aholi, davlat idoralari va iste molchilar- dir.
Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash ya'ni oldi-sotdi munosabatlari paydo bo'ladi. Bir tovar pulga ayirboshlansa, shu pulga boshqa narsa sotib olinadi. Ya’ni, bog'bon o'zyetishtirgan ho'l meva mahsulotlarini sotib, o'rniga o'ziga kerakli mahsulot sotib oladi.
Bunda: tovar pulga sotiladt yana boshqa tovar sotib olinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga bozor turlari va asosiy vazifalari haqida ma’lumot beriladi.
Bozorlar mazmuni va ishlatilishiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:

  • Iste’molchilar bozori - bunda iste'mol uchun zarur bo'lgan barcha tovarlar sotiladi;

  • xizmat ko'rsatish bozori bunda asosan zarur bo'lgan xizmatlar ko'rsatiladi. Bu bozorning rivojlanishi aholining iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilab berish bilan bog'liqdir.

  • uy-joy bozori - bu bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan bo'lib, asosan uy-joylarni xususiylashtirish va ularni sotib olish bilan bog'liq bo'lgan hujjatlardan tashkil topadi;

  • innovatsion bozor - ilmiy yangiliklarni texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarini, turli ixtirolarni o'zida jalb etadi;

Shuningdek, mahalliy, milhy, asosiy, qo'shimcha chakana, ulgurchi, mayda-ulgurchi davlatlararo, jahon bozor turlari mavjud.
Xaridor bozordan o'ziga kerakli ehtiyoj narsalarni pulga sotib oladi. Xo'sh, pulning o'zi nima?

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling