F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari


Download 0.84 Mb.
bet51/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari.
Ma'lumki, inson oilada rivojlanadi va kamol topadi. Oila bu ota-ona, er-xotin, farzandlarva qarindoshurug'lardan tuzilgan jamoa bo'lib, oila a'zolari o'rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarini vujudga keltiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV - "Oila” bob:da oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davat muhofazasida bo'lish huquqiga ega deyilgan. Oila qonunlarining asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatiarni ishonch, hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish, oila oldidagi burch va majburiyatlarini his qilish /a o‘z huquqlarini himoya qilishdan iboratdir.
Oilada ota-ona, bolalarning huquq va majburiyatlari:

  1. Oilada yashash va tarbiyalanish;

2.O'z ota-onasini bilish, ularning g'amxo'rligidan foydalanish va ular bilan birga yashash.

  1. Bola otasi, onasi, yaqinlari va boshqa qarindoshlari bilan ko'rishishi;

  2. O'z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

  3. 0‘z fikrini ifoda etish;

  4. Bola ism, ota ismi va famliyasini olishga;

  5. Ism va familiyasini o'zgartirishga;13

  6. Oilada umumiy mulk va o'z huquqiy mulkiga ega bo'lish va boshqa huquqlarga ega.

Bolaning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to'la muomala layoqatiga ega deb e'tirof etilsa, u o'z huquq va majburiyatlarini, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir. Oilada bolaga taalluqli har qanday masala hal etilayotganida bola o'z fikrini bildirishga, so'zlashga haqlidir.
Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgila- nadi. Ota-ona turli familiyada bo'lganda ota-onaning kelishu- viga binoan bolaga ota yoki onaning familiyasi beriladi. Milliy an'analarga muvofiq boboning ismi bo'yicha familiya berilishi mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo'limi ota-onaning birgalikdagi arizalariga binoan bola 16 yoshga to'lguncha uning manfaatlarini e'tiborga olib, uning ismini o'zgartirishga (ota yoki onaning] haqlidir.
Ota-onalar o'z farzandlariga teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Nikohda bo'lmagan, voyaga yetmagan bolalari bo'lgan ota-onalarning bolalari 16 yoshga to'lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidir. Ota-ona o'z bolalarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, ma'naviy va axloqiy kamoliga g'amxo'rlik qiladi va buning uchun javobgar hisoblanadi.
Ota-onalik huquqlarini amalga oshirishda bolaga nisbatan shafqatsizlik, qo'pollik, mensimaslik, jismoniy qadr-qimmatni kamsitish, haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilish qonunga ziddir. Farzandlar oldidagi burchlarni bajarmasalar ota- onalikdan sud qarori orqali mahrum qilinadi.
Oila munosabatlari O'zbekiston Respublikasi “Oila Kodeksi"- da ham o'z ifodasini topgan. Quyidagi hollarda ota-onalar ota- onalikdan mahrum etiladi:

  • Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, aliment to'lashdan bo'yin tovlash;

  • O'z bolasini uzrsiz sabablarga ko'ra tug'ruqxona va boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

  • Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lsa, jumladan, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy ta’sir ko'rsatilganda;

  • Surunkali ravishda ichkilikbozlik yoki giyohvandlikga

mubtalo bo'lgan taqdirda;

  • O'z boJaJarining hayoti, sog'lig'i yoki er-xotinning hayoti,

sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir etilganda ota- onalik huquqidan mahrum qilinadi.
Farzandlar voyaga yetgandan keyin o'z ota-onalariga g'amxo'rlik qilishlari lozim. Maktabgacha ta’lim bo'yicha qabul qilingan qonunlar va me'yoriy hujjatlar bilan ishlash jarayonida biz vasiylik va homiylik kabi iborani uchratamiz. Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimiyatining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik - 14 yoshga to'lmagan va sud tomonidan ruhiy kasalligi yoki zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga belgilanadi.
Homiylik - 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga hamda kasalligi tufayli mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshira olmaydigan voyaga yetgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan layoqati cheklangan shaxslarga nisbatan belgilanadi.
Maktabgacha pedagogika fanini talabalarga o'qitish jarayonida ularda O'zbekiston davlati tomonidan qabul qilingan qonunlarga nisbatan yuksak hurmat tuyg'usini uyg'otish va o'z hayotida ulardan oqilona foydalanish ko'nikmalarini shaklllantirish muhim vazifadir.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida huquqiy tarbiya berishda Sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish
Davlat va huquqning vujudga kelishi to'g'risida Sharqning alloma-yu fuzalolari, mutafakkirlari o'zlarining tarixiy asarlari orqali turli falsafiy fikr va qarashlarni bildirganlar.
IX-X asrlarda yashagan Abu Nasr al-Farobiy O'rta asrlar Sharq mutafakkirlaridan birinchi bo'lib jamiyat va davlat, odilona davlat tuzumi muammolari haqida fikr yuritdi. Bu ta’limotda ijtimoiy hayotning ko’p masalalari - davlatni boshqarish, ta'lim, tarbiya, axloq, ma'rifat, diniy e'tiqod, mehnat va boshqa jihatlar qamrab olindi. Farobiy o'zining “Fozil shahar aholisining maslagi" asarida jamiyat f’Inson jamoasi") ning kelib chikishi, insonning yetuklikka erishuvi yo'lidagi zahmati, kishilarning jamoa bo'lib yashashidagi xulq-atvori, axloq-odob me'yorlari haqida fikr yuritib, inson fazilatlarini ikki guruhga bo'ladi. Birinchisi - fikriy fazilat; Ikkinchisi - xulqiy fazilat.


  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling