F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Download 0.84 Mb.
bet49/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Huquqiy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko'rsatuvchi, ularga ma'lum qoidalar doirasida ish tutish uchun asos bo'ladigan bilim berishdir. Pedagog-tarbiyachi huquqiy bilimlar beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsata olishi lozim.
Demak, huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquqiy me’yorlarga nisbatan hurmat, ularga ongli va mustaqil ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning huquqiy tarbiyasini o'stirish maqsadida biz bu tarbiyaning ta'limiy va tarbiyaviy jihatlarini ko'rib chiqamiz.
Huquqiy ta’lim berish vazifalari:

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga O'zbekiston Respubli- kasi Konstitutsiyasini o'rgatish jarayonida ularda huquqiy ongni shakllantirish;

  2. Huquq me’yorlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali bolalarda mustaqil, erkin fikrlash, ijodiy ishlarga intilish his- tuyg'usini uyg'otish;

  3. Tevarak-atrofda bo'ladigan ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan huquq normalari asosida o'z fikr-mulohazalarini bildirishga o'rgatish.

Huquqiy tarbiya berish vazifalari:

  1. Ona Vatanni sevish, uni e'zozlash tuyg'usini singdirish;

  2. Konstitutsiya va qonunlarga yuksak hurmat darajasini o'stirish.

  3. Huquqiy me’yorlarga rioya qilishga odatlantirish.

  4. Davlat, ota-onalar oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish yo'llarini ko'rsatish.

Huquqiy tarbiyaning metodologik asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, O'zbekiston davlati va Prezidenti tomonidan yaratilgan asarlar, qabul qilingan va ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan g'oyalar egallaydi.12
Jamiyatda insonlarning huquqiy bilimi, huquqiy ongi, madaniyati qanchalikyuqori shakllanganligi uiarning huquqiy munosabatlarida namoyon bo'ladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling