Pul - bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositasidir.
Pul - bozor munosabatlarining asosiy vositasi, uning yordamida barcha iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladi.
Ma’lumki, hamma kishilar puldan foydalanadilar.
Pulga xonadonlar bozordan davlatga iste'mol tovarlarini sotib oladilar.
Pul - soliqlar, badal, qarz, stipendiya, pensiya kabi majburiyatlarni to'lash uchun kerak.
Pul 3 ta asosiy funksiyani boshqaradi.
- hisob-kitob va iqtisodiy o'lchov funksiyasi
- muomala vositasi
- jamg'arish vositasi
1994-yil 2-iyundan boshlab "O'zbekistonda milliy pul so'm joriy etildi.
Milliy pul - bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi va tanho to'lov vositasi deb qabul qilingan puldir. Bunda nechta mamlakat bo'lsa, shuncha milliy pullar bor. Ularning nomida o'xshashlik bo'lsada, ular farqlanadi. AQSh, Kanada, Avstraliya, Gonkong pullari dollar bilan yuritiladi, lekin ular hamma jihatdan farqlanadi. Milliy pullar turlicha bo'ladi. Ulardan biri tovar shaklidagi puldir, ya'ni bu oltindir.
Qog'oz pullar - davlat tomonidan muayyan mamlakatdagi yagona to'lov vositasi sifatida kiritiladi va bu tanga pulning o'ziga yozib qo'yiladi. Qog'oz pullar kupyura shakliga ega. Ular har xil qiymatli bo'lib chiqariladi. Masalan, O'zbekiston milliy puli - so'mni olsak, 10, 25, 50,100, 200, 500,1000, 5000,10000 va 50000 so'mlik pullar shaklida chiqariladi.
Ular yirik va mayda pullarga ajraladi. Yirik pullar qog'oz shaklida, mayda pullar tanga va chaqa shaklida chiqariladi.
Milliy pul quyidagi xususiyatlarga ega bo'ladi:
U mamlakatdagi yagona to'lov vositasi hisoblanadi.
u himoya belgilariga ega (bu belgi 12 tagacha bo’ladi], uni qalbakilashtirish qiyin bo'ladi.
milliy pulning o'z ko'rinishi bor, uni boshqa puldan farqlantirib topib olish mumkin. Milliy pul chidamli bo'lib, uzoq davrga qadar xizmat qila oladi. Pul o'z shakli jihatidan qog'oz, tanga va chaqa pullardan tashkil topsa, muomala jihatidan naqd va naqd bo'lmagan pullarga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |