F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


BOB. MAKTABGACHA TALIM MUASSASASIDA TA'LIM-TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH VA HISOBGA OLISH


Download 0.84 Mb.
bet89/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

BOB. MAKTABGACHA TALIM MUASSASASIDA
TA'LIM-TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH VA
HISOBGA OLISH


Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiyaviy ishni rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko'rsatib, ta’lim-tarbiyaviy . ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta'kidlab, bunda u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo'Igan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar ham- da harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta’minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda yetakchi hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshga ko'ra pedagogik ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalarhayoti, faoliyatturlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo'llangan bo'lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishla- rini rejalashtirish murakkab bo'lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to'g'risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.

к :—‘





Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling