Rejalashtirish vositalari – bu faoliayt mazmuni turli sohalarda kutilayotgan natijalarga erishish imkoniyatlarini (resurslarni) belgilab olish uchun pedagog tomonidan qo‘llaniladigan vosita, usul va uslublardir.
Kuzatuv – bola ishlayotgan yoki o‘ynayottgan paytda uning faoliyatiga aralashmagan holda kuzatish jarayoni.
Qayd qilish – bu bolalar faolligini kuzatish asosida haujjatlashtirish. Aksariyat pedagoglar tomonidan tabiiy ravishda amalga oshiriladigan bu ishga bolalarni tizimli (muntazam) kuzatish asosida yondashishni joriy etish, u haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi.
Pedagogic diagnostika (yunoncha – “bilish, “aniqlash” ma’nosini anglatadi) – bu muayyan bosqichlarda bolaning individual xususiyatlari va rivojlanish istiqbollarini aniqlash imkoniyatini beradigan mexanizm.
“Men” konsepsiyasi – insonning o‘z hayotiy faoliyati, boshqa kishilar bilan o‘zaro aloqalari, o‘zi va boshqalarga munosabatini shakllantirishga xizmat qiladigan, uning o‘zi haqidagi anglangan va his etadigan tasavvurlari.
Pedagogic strategiya – bu bolalarning kutilgan maqsadlariga erishishga imkon beradigan pedagog qo‘llaydigan muayyan uslublar yig‘indisi.
Rejalashtirish – bu zarur shart-sharoit, foydalanilayotgan vosita, shakl va uslublarni ko‘rsatgan holda, ta’lim-tarbiya ishini amalga oshirishning tartibi va ketma-ketligini oldindan belgilash jarayoni.
Bolaga yo‘naltirilgan yondashuv – bu bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, uning ta’lim maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgunga qadar to‘plagan tajribasini e’tiborga oladigan ta’lim shakli.
Rivojlantiruvchi yondashuv – bolaning tabiiy ravishda ulg‘ayishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuv.
Istiqbol reja – u bolalar faoliyatining barcha turlarini va ularga xos kundalik ish shakllarini (mashg‘ulot, o‘yin, mehnat, individual ishlash, ota-onalar bilan ishlash) o‘zida aks ettiruvchi bolalar bilan ishlashda asosiy hujjat hisoblanadi.
Kundalik reja – bir-ikki haftaga mo‘ljallab tuzilib, unda butun ish kuni davomidagi faoliyat …-konspekt shaklida batafsil yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |