F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Download 1.35 Mb.
bet73/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Tayanch tushunchalar:

Mehnat tarbiyasi – tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri bo‘lgan pedagogik jarayon.

Mehnatsevarlik – mehnat turidan qat’iy nazar uni sevib, unga sadoqatli bo‘lgan, uni malakali bajaruvchi kishining fazilati.

Nazorat uchun savollar:
        1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qanday mehnat turlariga jalb qilamiz?


        2. Mehnat tarbiyasining vazifalarini guruhlab, turkumlarga ajrating.


        3. MTMlarda mehnat tarbiyasi nechta yo‘nalishda amalga oshiriladi?


        4. Bolalarni kattalar bilan birgalikdagi mehnatlarini tashkil etish shakllari qaysilar?


        5. Mehnat jarayonini rejalashtirish nimalarni o‘z ichiga oladi?


        6. MTMda mehnatni tashkil etish shakllari qaysilar?




Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
1. Bolalar muassasalarida navbatchilik qaysi guruhdan boshlanadi?
a) Ilk yosh guruhidan
b) O‘rta guruhdan
v) Katta guruhdan
g) 2-kichik guruhdan
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qanday mehnat turlariga jalb qilinadi?
a) Kattalar mehnati bilan tanishtirish
b) O‘z-o‘ziga xizmat qilish, xo‘jalik-maishiy mehnat, tabiatdagi mehnat, qo‘l mehnati
v) Bolalarni kattalar bilan birgalikdagi mehnati
g) Tabiat qo‘ynidagi mehnat
3. MTMlarda mehnatni tashkil etish shakllari qaysilar?
a) O‘z-o‘ziga mehnat qilish, topshiriqlarni bajarish, yakka tartibdagi mehnat, navbatchilik, qo‘l mehnati, barcha mashg‘ulotlar, jamoa mehnati
b) Mehnat natijalari
v) Maishiy-xo‘jalik mehnat
g) Bolalarni o‘z mehnati
4. Mehnat jarayonini rejalashtirish nimalarni o‘z ichiga oladi?
a) Mehnat malakasini o‘rgatish, mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish
b) Maqsad qo‘yish
v) Mehnat faoliyati uchun kerakli ish qurollarini tayyorlab olish
g) Natijani aniqlab olish, ish joyini yig‘ib qo‘yish
5. Mashg‘ulotga tayyorgarlik bo‘yicha qaysi guruhdan navbatchilik o‘tiladi?
a) Tayyorlov guruhidan
b) O‘rta guruhdan
v) Kichik guruhdan
g) Katta guruhdan



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling