Tayanch tushunchalar:
Burch – kishilarning biror shaxs, oila, jamoa, El-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha.
Davlat standartlari – ta’limning zarur yetarli darajasiga qo‘yiladigan davlat talablarini belgilovchi mezon.
Didaktika – pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasini ishlab chiqaradigan tarmog‘idir.
Komillik – ongli insonga xos va mos bo‘lgan xislat, aqliy-ma’naviy darajadir.
Tarbiya–aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashning mazmuni, metod va usullari hamda tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Nazorat uchun savollar:.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi predmetini yoriting.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi maqsad va vazifalari haqida nimalarni bilasiz?
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi qaysi fanlar bilan aloqador?
Ilmiy tadqiqot metodlaridan kimlar foydalanadilar, ular qaysilar?
Maktabgacha ta’lim didaktikasining asosiy hususiyatlarini izoxlang.
Bilimlar dasturi qaysi tamoyinlar asosida shakilantiriladi?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
Maktabda pedagogika fani qaysi fanlar bilan aloqador?
a) Falsafa, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya
b) Matematika, fizika
v) Kibernetika
g) Dialektik materializm
Pedagogikaning asosiy tushunchalari qaysilar?
a) O‘qish, o‘qitish
b) Ma’lumot, ta’lim, tarbiya
v) Qayta tarbiyalash
g) O‘z-o‘zini tarbiyalash
Pedagogika fan sifatida qaysi jamiyatda shakllangan?
a) ibtidoiy jamiyatda
b) quldorlik jamiyatida
v) feodalizm jamiyatida
g) sotsialistik jamiyatda
4. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari qaysilar?
a) Adabiyotlarni o‘rganish
b) Kuzatish, suhbat, anketa yo‘li bilan so‘rash
v) Hujjatlar va bolalarni ishlarini o‘rganish metodi, tajriba o‘rganish metodi
g) Hamma javoblar to‘g‘ri.
5. Tarbiyaning xususiyatlari qaysi bandda to’g’ri yoritilgan?
Komplektlilik, ierarxiyalik, mantiqiy ketmaketlik, uzvili, uzliksizlik, tizimlilik, yaxlitlik;
Tizimlilik, modelilik, dasturlilik, bilimdonlik, xarakatlilik;
v) Boshqarish, hamkorlik, ishchanlik, sifatlilik, dasturlilik;
g) Manaviyat, optimanlik, tezkorlik, psixologik vaziyat;
Do'stlaringiz bilan baham: |