F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha yoshdagi bolani maktabda o‘qishga jismoniy tayyorgarligi.
Musiqa mashg‘ulotlarida: musiqa tinglash, musiqiy-ritmik harakatlar, qo‘shiq aytish, bolalar cholg‘u asboblarida chalish, turli harakatli o‘yinlar o‘rgatiladi.
Shuningdek, Ona Vatan, mashhur sarkardalar, buyuk siymolar, xalq amaliy san’ati, an’anaviy bayramlar, kattalar mehnati, transport va aloqa vositalari, buyumlar haqida bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganish orqali boshlang‘ich sinf ta’limiga tayyorlanadi. Bu bilim va ko‘nikmalar bolalarni 1-sinfdagi tegishli o‘quv fanlarini egallashlari uchun tayyorgarliklarini tashkil qiladi. Ko‘pchilik psixolog-pedagog olimlarning (A.M.Leushina, D.B.Elkonin, L.E.Jurova, F.R.Qodirova) ta’kidlashicha maktabgacha ta’lim muassasasida va maktab ta’limida gi o‘qitishdagi bog‘liqlik maktabda fanlarni o‘qitish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi. Shunday qilib maktabdagi o‘qishga aqliy tayyorgarlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning o‘zaro bo‘g‘langan tarkibiy qismlaridan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof-olam haqidagi anglangan, tizimlashtirilgan tasavvurlar hamda elementar tasavvurlar, nutq va elementar o‘quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o‘quv materialini egallashga aqliy tayyorgarlikni vujudga keltiradi. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabda o‘qishga jismoniy tayyorgarligi. Maktabda o‘qishga tayyorgarlik bu – bolani maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun asosiy negiz bo‘lib hisoblanadi. Maktabga borish munosabati bilan bolaning kun tartibi, turmush tarzida jiddiy o‘zgarishlarning paydo bo‘lishi, darslarning davomiyligi jismoniy zo‘r berishni keltirib chiqaradi. Maktabga jismoniy tayyorgarlik quyidagi omillarga bog‘liq: Bola salomatligining yaxshi bo‘lishi; Bola organizmining chiniqqanligi; Ma’lum darajada chidamliligi va ish qobiliyatiga; Kasalliklarga qarshilik ko‘rsata olish xususiyatlariga bog‘liq. Bu bolaning jismoniy va nerv-psixologik uyg‘un rivojlanganligi, morfologik va fiziologik rivojlanishining yosh ko‘rsatkichlariga muvofiqligi (yoki birmuncha ilgariligi). Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda: Jismoniy mashqlar va jismoniy o‘yinlar; Ertalabki badantarbiya mashqlari; Asosiy harakatlar (yugurish, sakrash, tashlash, ilib olish, irg‘itish, emaklab yurish, tirmashib chiqish, muvozanatni saqlash) mashqlari; Umumrivojlantiruvchi mashqlar (qo‘l va yelka, oyoq, gavda uchun mashqlar, saflanish va qayta saflanish, velosipedda uchish va suzish); Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish – gigyenik badantarbiya mashqlari, chiniqtirish, qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmasini tarbiyalash; Ochiq havodagi sport o‘yinlari (sakrab o‘ynaladigan, irg‘itib, ilib olib o‘ynaladigan o‘yinlar); Ermak o‘yinlar; O‘zbek xalq harakatli o‘yinlari o‘ynaladi. Shuningdek, gigiyena va o‘z-o‘ziga hurmat: Uxlash gigiyenasi; Shaxsiy gigiyenasi; Ovqatlanish gigiyenasi; Madaniy gigiyenik ko‘nikmalarni aniqlash va o‘z-o‘zini hurmat qilish (o‘ziga xos gigiyena, shikastlanishni oldini olish). Maktabga tayyorlashda maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda motorikani rivojlantirish (ushlash, yopish, qirqish, bo‘lish), qo‘l barmoqlariva qo‘llarini ishlatish alohida o‘rin egallaydi. Bu bolani maktabda yozuvni muvaffaqiyatli egallashi uchun zamin hozirlaydi. Jismoniy tayyorgarlik bolada maktabga yetuklikni shakllantirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Maktabgacha yetuklikni aniqlashda bola sog‘lig‘ining holati va organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik ko‘rsatkichlarga: suyak, mushak, nafas olish va yurak-qon tomir tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko‘p omilli tahlil, fiziologik funksiyalarning rivojlanishi darajasini baholashdan iborat. Bularga: Partada uzoq vaqt o‘tirish uchun zarur bo‘ladigan tormozlash qobiliyatining rivojlanganligi; Harakatlarini yaxshi boshqara olish (yozish, rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda barmoqlarning mayda harakatlari); Ijobiy va tormozlanishga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash; Ikkinchi signal tizimining yetarlicha rivojlanganligi. Bu davrda bolaning bo‘yi 120 sm ga yetadi, og‘irligi 22-24 kg bo‘lishi jismoniy norma hisoblanadi. Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, xilma-xil harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlar faol harakat tartibi bolalarni maktabda o‘qishga jismoniy tayyorgarligini ta’minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling