F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Ta’lim jarayonida differensiallashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuv


Download 1.35 Mb.
bet122/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Ta’lim jarayonida differensiallashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuv. Bu quyidagi yo‘nalishlar asosida:

Mashg‘ulotlarda ko‘rgazmali vositalardan (predmetlarni, namunalarni, harakat uskunalarini ko‘rsatish) nutq usullaridan (savollar, ko‘rsatmalar, izohlar) keng foydalaniladi. Bu yoshdagi bolalarning qabul qilish xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘yin usul va uslublari, kutilmagan natijalar, pedagog himoyasi onda-sonda qo‘llaniladi.


  • Ota-onalarning pedagogik jarayondagi ishtiroki darajasining o‘zgarishi quyidagicha amalga oshiriladi: ota-onalar bilan bir vaqtda maktabgacha ta’lim muassasasi mutaxassislari ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi.ularni qiziqtirayotgan barcha masalalar yuzasidan amaliy seminar, maslahatlar, yakkalama-yakka suxbatlar olib boriladi;


  • Ta’lim-tarbiya ishining tarkibiy qismi – bolalar rivojlanishini nazorat qilish va tahlil etish pedagogik-psixologik ta’sirning shaxsga yo‘nalganligini aniqlashda namoyon bo‘ladi;


  • Har bir bolaning hatti-harakati va rivojlanishini kuzatish;


  • Tarbiyaviy ta’sirga o‘z vaqtida o‘zgartirish kiritish haqida qaror qabul qilish.




  1. Pedagogik diagnostikani tashkil etish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar bilimini baholash va tahlil qilish maqsadida Xalq Ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlangan hamda Adliya Vazirligi tomonidan qayd etilgan pedagogik diagnostika amalga oshiriladi.

Diagnostika” yunoncha so‘z bo‘lib, “bilish”, “aniqlash” ma’nosini anglatadi.



Pedagogik diagnostika – bu bolaning individual xusssiyatlari va rivojlanish istiqbollarini aniqlash imkonini beradigan mexanizm. Diagnostika pedagogga o‘z faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirayotganini tushunish imkonini beradi.

Diagnostika:
  • Individual ta’lim jarayonini;


  • Ta’lim jarayonini to‘g‘ri belgilash;


  • Tanlan olingan mezonlar asosida bolalar bilimi baholashda kamchliklarni oldini olishga xizmat qiladi.


Diagnostika maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq, o‘quv yilining o‘rtasida va ohirida amalga oshiriladi. Tarbiyachi-pedagoglar dasturning barcha bo‘lim va yo‘nalishlarida olib borilagn ishlarni muvaffaqiyatli bajarilishini baholaydi.


Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan musiqa hodimlari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, defektolog, psixolog va boshqa mutaxassislar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha diagnostik tadqiqot olib boradilar. Diagnostika tavsiya etiladigan materiallar bola faoliyatini 3 ballik shkala bo‘yicha umumiy baholash tizimini nazarda tutadi.
Dasturiy materiallarni o‘zlashtirish 3 ballik tizim orqali aniqlanadi:
  • 3 ball (Y) – faoliyat me’yorga mos keladi, ya’ni bunda bola topshiriqni mustaqil bajara oladi;


  • 2 ball (O‘) – me’yordan biroz pastroq, bunda bola topshiriqni kattalarning biroz yordami bilan bajara oladi;


  • 2 ball (P) – me’yordan sezilarli darajada past – bunda kattalarning qo‘shimcha savol berganiga qaramasdan topshiriqni bajarishga qiynaladi.


Diagnostika natijalari bo‘yicha xulosa chiqarishda ularni bolalar tomonidan dasturiy talablarni o‘zlashtirish darajasi bilan bog‘lash mumkin (yuqori, o‘rtacha, past).



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling