Rivojlantiruvchi yondashuv – bolaning tabiiy ravishda ulg‘ayishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuv.
Bu yondashuvga muvofiq bolalar:
O‘yin jarayonida atrof- muhit haqidagi ma’lumotlarni o‘zlashtirib, faol ta’lim oladi;
Rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o‘tadi;
Hissiy va kognitiv (aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga ehtiyoj sezadi.
Har biri o‘ziga hos suratda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi.
Individuallashuv – o‘ta muhim masala, chunki yondashuv qay darajada individual bo‘lsa, har bir bola shu darajada mo‘ljaldagi ta’im natijalariga erishishning ehtimoli ortadi va shu tufayli dasturning amalga oshirilishi oson kechadi. Muayyan fan bilan bog‘liq muammolar kamayadi, o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar oshadi. Individuallashtirishning ta’lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyati va talab-ehtiyojlari bilan moslashtirish imkoniyatini beradi. Bu jarayonda bolalarning bilim doirasi kengayib, o‘ziga nisbatan hurmat oshadi. Ularda yanada murakkabroq masalalarni hal etishga tayyorgarlik hissi paydo bo‘ladi. Pedagog o‘zgaruvchan vazifalar va faoliyatning qiziqarli turlarini rejalashtirishni, bolalarni diqqat bilan kuzatishi, zarur hollarda material va vazifalarni almashtirishi va moslashtirishi lozim. Bolalarni kuzatish va ota-onalar bilan suxbat natijasida pedagoglar har bir bolaning kuchi va zaif jihatlari va qiziqishlarini o‘rganadi.
Pedagogik strategiya – bu bolalarni qo‘yilgan maqsadlarga erishishiga yordam beradigan pedagog qo‘llaydigan muayyan uslublar yig‘indisidir. Uning asosini bolaning qiziqishlari, uning kuchli va zaif jihatlari, ta’lim uslubi, yosh xususiyatlariva shaxsiy sifatlarni e’tiborga olish tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |