Ta’limning rivojlantiruvchi muhiti – bu faollikning turli shakllaridan iborat ta’lim jarayonini amalga oshirish funksionallik, jihozlarning yetarliligi, ko‘p darajaliligi (rivojlanishi turlicha bo‘lgan bolalarning o‘z maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan) va funksionalligi (bolalarni faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini ta’minlaydigan) bir-biridan ajralib turadigan rivojlantiruvchi oqilona muhitni tashkil etishni talab etadi. Bu tayyorlov guruhi bolalarining mazmunli, mustaqil faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega.
Guruh xonasida:
Bolalarning qiziqishlari bo‘yicha erkin mustaqil faoliyat uchun joy ajratiladi;
Stullar bilan ajratilgan syujetli o‘yinlar, sinov va tajriba, stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar va didaktik mashg‘ulot, qo‘l mehnati va tasviriy faoliyat uchun joy;
Kitob burchagi (rasmli albomlar, jurnallar);
O‘zbekiston xaritasi, globusi, rasmlar stendi;
Harakatlanadigan ikki tomonlama doska (bolalar bo‘yi baravar o‘rnatilishi lozim).
Yaratiladigan bu muhit bolada mustaqil tanlay olish ko‘nikmalarining shakllanishini ta’minlaydi.
Har bir guruh xonalari bir necha markazga bo‘linib, o‘yin va o‘rganish, sinov va tajriba, tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro aloqalari uchun yetarli darajada material mavjud bo‘ladi.
Turli guruhlarda markazlar to‘plami bolalarning Yoshi, qiziqishlari, ehtiyojlariga ko‘ra o‘zgacha bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan boshqasiga aylantirilishi mumkin. Maktabga tayyorlov guruhlarida kamida 5 ta turli faoliyat markazlarini tashkil etish tavsiya etiladi. Shuningdek, muzey, istirohat bog‘i, tarixiy joylarga sayohat uyushtirilishi kerak. Shuni unutmaslik kerakki, maktabgacha ta’lim muassasasi hududini ham talab darajasida jihozlash ham rivojlantiruvchi muhit sifatida ijobiy ta’sirni yanada oshiradi.
O‘yin faoliyati. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning asosiy faoliyat turi hisoblangan o‘yin jarayoni bolani shaxs sifatida to‘liq shakllanishida yetakchilik qiladi. Bunda dastur asosida o‘ynaladigan syujetli-rolli, didaktik, stol bosma, sport, ko‘ngil ochish, o‘zbek xalqining milliy, ertak o‘yinlaridan foydalaniladi. Bola tarbiyasida o‘yin texnologiyalari (L.S.Vigotskiy, G.K.Selevko) kayfiyatni ko‘taruvchi, xamkorlik, o‘zini namoyon etuvchi, millataro o‘yin turlari, interfaol o‘yinlardan foydalanish maqsad qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |