F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning shakl va usullari


Download 1.35 Mb.
bet116/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning shakl va usullari.
Maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning shakl va usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratadi. Ta’lim sohasidagi asosiy natija bola tomonidan bilimlarni qay darajada o‘zlashtirib olinganligi uning rivojlanishiga, shaxsda integrativ hislatlarning shakllanishga qanchalik xizmat qilgani bilan belgilanadi.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda pedagog tomonidan tanlab olingan ta’lim uslublari intellektual jarayonlarning shakllanishiga muammolar yechimiga ijodiy yondashishga, tashabbuskorlikka, mustaqillikga va mas’uliyatga, o‘z faoliyatini boshqara olishga o‘rgatishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda quyidagi tamoyillar ustuvor hisoblanadi:

  • Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv;


  • Bolaga yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuv;


  • Pedagogning ilmiy- pedagogik- psixologik strategiyasi;


  • Rivojlantiruvchi yondashuv;


  • Ta’limning rivojlantiruvchi muhiti;


  • O‘yin faoliyati;


  • Inklyuziv ta’lim;


  • Pedagogik diagnostika ta’limi;


  • Ota-onalar bilan hamkorlikning istiqbolli shakllari.


  1. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv ta’lim jarayonini tashkil etishning asosi sifatida shaxsning jamoa oldidagi ustuvorlikni nazarda tutgan holda unda insonparvarlik munosabatlarining shakllantirilishini taqazo etadi.Bunda bola o‘zini shaxs sifatida his etadi, boshqa kishilarda shaxsga xos hislatlarni ko‘rishni (kattalarda va atrofdagilarda) o‘rganadi. Har bir bola imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish esa pedagogning qadriyatlar yo‘nalishlari hatti harakatida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga munosabati, mo‘ljallar tizimi, hohish istaklari bilan belgilanadi.


  2. Bolaga yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuv bu bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, uning ta’lim maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgunga qadar to‘plangan tajribasini e’tiborga olingan ta’lim shaklidir.


Bunda:

  • Ta’lim jarayoni bolaning eng odatiy tarzda rivojlanishi va ta’lim olishiga doir bilimlarga asoslanishi lozim;

  • Ta’lim muvaffaqqiyatli pedagog tomonidan bolani rivojlantirish va o‘qitish uchun va yo‘l- yo‘riqlariga oid bilimlarni qay darajada egallaganiga bog‘liq;


  • Pedagogning asosiy vazifasi bolaning rivojlanishiga ko‘maklashishidir;


  • Maktabgacha ta’limning o‘ziga xos xususiyati- bolaning qadrini tushunish va vaqtidan oldin ulg‘ayishiga undamaslik.





Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling