F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ota-onalar haqida ma’lumot daftari
- Onasining F.I.Sh., ish joyi Manzili Telefon
- Bolaning ismi, familiyasi MTMga oxirgi kelgan kuni Patronaj
- O‘z ustida ishlash daftari
- Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: 1. MTMda qanday rejalar tuziladi
- 4-BO‘LIM. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINI TASHKIL YETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH
Ota-onalar haqida ma’lumot daftari.
Patronaj daftar. Patronaj daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, imzolangan bo‘lishi kerak.
O‘z ustida ishlash daftari. O‘z ustida ishlash daftari uch yo‘nalishda olib boriladi: A) Siyosiy o‘qish. B) Yangi metodik qo‘llanmlar bilan tanishib borish. V) Ilg‘or ish tajribani o‘rganish. Tayanch tushunchalar: Sayr – bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish. Ekskursiya – bolalarga ta’lim berish shakli, bolalarni tevarak-atrofdagi hayot to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirish. Nazorat uchun savollar: 1. Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish komil inson tarbiyasida tutgan o‘rnini ifodalang. 2. Mustaqil reja turlaridan birini tayyorlang va tahlil qiling.? 3. Yilliy rejada nimalar aks etadi? 4. Ertalabki soatlarda qanday ishlar rejalashtiriladi? 5. Sayr qanday rejalashtiriladi Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: 1. MTMda qanday rejalar tuziladi? a) yillik reja, istiqbol reja, kalendar reja b) yillik reja v) mujassam reja g) kompleks reja 2. Yillik reja qancha muddatga tuziladi, unda nimalar aks etadi? a) MTMda o‘tkazladigan barcha ta’limiy, tarbiyaviy, moliyaviy, malaka oshirishlar aks etadi b) bir yilga mo‘ljallanadi, guruhlagi ta’limiy ishlar rejalashtiriladi v) bir yilga tuziladi, metodik ishlar rejalashtiriladi g) 6 oyga tuziladi, moddiy ta’minot masalalari rejalashtiriladi. 3. Kalendar tematik reja qancha muddatga tuziladi va unda nimalar aks etadi? a) bolalarni ruhiy rivojlanishi – 20 kun b) bolalarni jismoniy rivojlanishi – 10 kun v) kun davomida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni – 10-12 kun g) bolalarni ma’naviy rivojlanishi – 3 oy 4. Kechki sayrda qanday ishlar amalga oshiriladi? a) ijodiy, didaktik o‘yinlar, tinch harakatli o‘yinlar b) kuzatish, qo‘l mehnati v) mustaqil tasviriy faoliyatlar, ko‘ngil ochishlar g) hamma javoblar to‘g‘ri 5. Kunning ikkinchi yarmi necha qismdan iborat? a) 2 qism – guruhdagi va sayrdagi ishlar b) 1 qism – guruhdagi ishlar v) 4 qism – guruhdagi, sayrdagi, ekskursiyadagi, mashg‘ulotlardagi ishlar g) hamma javoblar to‘g‘ri 4-BO‘LIM. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINI TASHKIL YETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH XVIII-BOB: IJTIMOIY MAKTABGACHA TA’LIMNI TASHKIL QILISH VAZIFALARI VA RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI MAKTABGACHA TA’LIMNING MAZMUN-MOHIYATI VA TA’LIM TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini sifatida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o‘qish va chet tillarni o‘rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6—7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling