F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodik ish kompleksi
- Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
Tayanch tushunchalar:
Mediko-Pedagogik kengash – Tibbiy-pedagogik kengash. Programm-metodik – dasturiy-uslubiy hujjat. Kontingent – maktabgacha ta’lim muassasasini bolalar bilan to‘ldirish. Uslubchi – maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchisi, metodik ishlarga rahbalik qiladi. Operativ masalalar – kechiktirib bo‘lmaydigan masalalar. Metodik ish kompleksi – tarbiyachilarning bolalar bilan ishlashning aniq usul va uslublariga amaliy o‘rgatish. Taxlil – tahlil qilish, ta’lim_tarbiyaviy, metodik va boshqa jarayonlarni kuzatish va muhokama qilish. Qiyosiy nazorat – solishtirma nazorat. Nazorat uchun savollar: Mudira va unga qo‘yiladigan talablar? Mudira faoliyatini izohlang? Mudiraning ta’lim, tarbiyaviy, tashkiliy faoliyatini yoriting? Metodik ish faoliyatiga nimalar kiradi? Kadrlar va ota-onalar bilan ish metodi nimalardan iborat? Mudiraninig huquqi qaysi hujjatlarda belgilangan? Maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchisiga ta’rif bering. Maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchisining ta’lim-tarbiyaviy ishlarga rahbarligini misollar bilan tushuntiring. Ilg‘or ish tajribalarni aniqlash usullari nimalardan iborat? Pedagogik kengash nima va uni o‘tqazishdagi maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchisining roli? Pedagogik xodimlar bilan ishlash uslublarini yoriting? Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: 1. Maktabgacha ta’lim xodimlarining kasbiy mahoratlarini takomillashtirish yo‘llari bu – a) Pedagogik kengash, seminar, seminar mashg‘ulot, ochiq mashg‘ulotlar, metodik birlashmalar b) Turli pedagogik tadbirlar, ochiq mashg‘ulotlar, ota-onalar majlislari v) Ochiq eshiklar kuni, umuiy ota-onalar majlislari, seminarlar g) Pedagogik kengash, seminar mashg‘ulotlari , turli metodik tadbirlar 2. Mudira tomonidankadrlar bilan ish usullari, bu… a) Yakkama-yakka suhbatlashish, yosh mutaxassislar bilan ishlash ochiq mashg‘ulotlar b) Kadrlarni mutaxassislik ish tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish v) Ota-onalar bilan olib boradigan ishlarini puxta o‘rganish, tahlil qilish g) Guruhlarga kirish, kuzatish, rag‘batlantirish, nazorat qilish 3. Boshqaruvda pedagogik texnologiyalarning shakllarni aniqlang a) Pedagogik, innovatsion, axborot texnologiyalari b) Innovatsion, M.Montessori, axborot texnologiyalari v) Axborot, triz, innovatsion g) Triz, interfaol, axborot texnologiyalari 4. Mudiraning kasbiy sifatlari qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan a) Aniqlilik, hamkorlik, demokratik b) Yakkaboshchilik, tabiiy-genetik, sofdil v) Ma’naviy-irodali, tashkilotchilik, pedagogik sifatlar g) Kadrlarni ilgari surish 5. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasini tomonidan olib boriladigan ish mazmuni qaysi bandda yoritilgan? a) Mudiraning moliyaviy-xo‘jalik, metodik va ta’lim tarbiyaviy ishlarga; b) Ota-onalar maktabi, jamoatchilik, mahalla bilan ish faoliyat; v) Yosh mutaxassislar, hizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan, mahalla tashkilot bilan; g) Ta’lim-tarbiyaviy, mehnat bilan, moliyaviy xo‘jalik faoliyat Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling