F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifalari, tuzilishi va ish mazmuni


Download 1.35 Mb.
bet194/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifalari, tuzilishi va ish mazmuni.
Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifalari, tuzilishi va ish mazmuni: bolalarning har tomonlama rivojlanishi va yetarli ta’lim olishlari uchun javobgarligi, ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga binoan maktabgacha ta’lim ustidan rahbarlikni amalga oshirish, ijtimoiy maktabgacha ta’lim tizimining axvoli va yanada rivojlanishi uchun javobgarligi, maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada oolalarga talim va tarbiya berishning mazmunini aniqlash, pedagogika fani va amaliyoti yutuqlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya dasturini takomillashtirib berish, maktabgacha ta’lim muassasalariga metodik rahbarlik qilishni yaxshilash bo‘yicha xalq ta’limi bo‘limlariga yordam ko‘rsatish, qaysi boshqarmaga buysunishidan qat’iy nazar maktabgacha ta’lim muassasalari ishi ustidan nazorat qilishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim boshqarmasining tashkiliy tuzilishi: boshqarma boshlig‘i, uning o‘rinbosari, uslubchilar shtati, vazifalarning taqsimlanishi, topshirilgan ish sohasi bo‘yicha javobgarligi, Vazirlikning boshqa boshqarmalari va bo‘limlari bilan maktabgacha ta’lim boshqarmalari (bo‘limlari), Davlat Reja-Moliya, sog‘liqni saqlash, savdo vazirligi, pedagogika fanlari akademiyasi, qaramog‘ida maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘limi tarmoqlari bilan amaliy aloqa bog‘langan.


Maktabgacha ta’lim boshqarmasining ish mazmuni: tegishli boshqarma bo‘limlari orqali rahbarlik ishlarini olib borish. Tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik qilish, ijtimoiy maktabgacha ta’lim rivojining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash. Viloyat, o‘lka, shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limlari, maktabgacha ta’lim boshqarmalari (bo‘limlari) tomonidan maktabgacha ta’lim bo‘yicha rahbarlik, qonun, me’yortiv, instruktiv, metodik-dasturiy hujjatlarning boshqarilishini, bajarilishini nazorat qilish, ichki mehnat tartibi to‘g‘risida nizom, yo‘l-yo‘riq va qoidalarni ishlab chiqish (kasaba uyushmalari hamkorligida), muassasalar tarmog‘i taraqqiyotining istiqboli, yillik, xalq xo‘jaligi va davlat rejalarini tuzishda, kapital qurilish, xodimlar tayyorlash, pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtiroq etish, tipovoy shtatlar loyixasini ishlab chiqish, uskunalar va o‘quv-ko‘rgazma qo‘llanmalariga bo‘lgan talabni aniqlash, uskunalar va pedagogik qo‘llanmalar namunalarini tasdiqlash, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish, eshitish organlari va nutqi buzilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining ishini tashkil etish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti masalasida chet mamlakatlar bilan bog‘lash, mehnatkashlarning arizalari, xat va shikoyatlarini ko‘rib chiqish.
Metodik va ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish (maktabgacha ta’lim ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda) tipovoy dastur, metodik ko‘rsatmalar, tavsiyanomalar ishlab chiqish, maktabgacha ta’lim bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, vatanimiz fani yutuqlarini, ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va tashviqot qilish, maktabgacha ta’lim bo‘yicha chet el hamda hamdo‘stlik davlatlari pedagogika fanini o‘rganish, Respublika Vazirliklari rahbar xodimlari va maktabgacha ta’lim sohasida ishlaydigan boshqa xodimlarning pedagogik malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil kilish, tashkiliy va pedagogik masalalarga bag‘ishlangan respublikalararo tadbirlarni tayerlash va o‘tqazish (ilmiy-amaliy anjumanlar, pedagogik o‘qishlar, seminarlar). Aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni tarqatish ishlariga rahbarlik qilish. Metodik va ilmiy ishlarda rahbarlik qilish, respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini hisobga olgan xolda dasturlar, metodik-dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va rejalashtirish, pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilish, kengashlar, anjumanlar, seminarlar, viloyat, shahar, o‘lka, tuman Xalq ta’limi bo‘limi (Respublika maktabgacha ta’lim kabineta va o‘qituvchilar malakasini oshirish instituta bilan birgalikda) rahbar xodimlar va faoli malakasini oshirish kurslari tashkil qiladi.
«Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asoslariga muvofiq Xalq ta’limi Vazirligi, Qoraqalpog‘isto AR Xalq ta’limi Vazirligi hamda ularning mahaliy bo‘limlari maktabgacha ta’lim muassasalariga rahbarlik qiladilar va ularni pedagogik xodimlar bilan ta’minlaydilar.
Xalq ta’limi Vazirligining maktabgacha ta’lim boshqarmasi o‘z ishida Davlatimizning ijtimoiy maktabgacha ta’limni rivojlantirish va takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorlariga amal qiladi.
Maktabgacha ta’lim boshqarmasi - Davlatimizning maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha chiqarilgan hujjatlariga asoslanib, maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada bolalarga ta’lim va tarbiya berish mazmunini aniqlash va chuqurlashtirishga, «Bolajon» davlat Dasturini takomillashtirishga rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini nazorat qilib boradi.
Viloyat, o‘lka, shahar xalq ta’limi bo‘limlari bevosita Maktabgacha ta’limi Vazirligiga bo‘ysunadilar. Viloyat, o‘lka, shahar Xalq ta’limi bo‘limlarida maktabgacha ta’lim sektori mavjud bo‘lib, tuman xalq ta’limi bo‘limi va ular qaramog‘ida muassasalar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ular ishini nazorat qilish, pedagog xodimlar malakasini oshirish ishlari ular zimmasidadir. Tuman Xalq ta’limi bo‘limi shu teritoriyada joylashgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini, ular qaysi idora-tashkilotlarga qarashli bo‘lishidan qat’iy nazar nazorat qiladilar.


«Rahbararning qanchalik mas’uliyat bilan javobgarlikni his qila olgan holda ishlashi, uning sof vijdonligiga ko‘p narsa bog‘liq. Bugun ularning qay darajada bajarayotganliklarini tekshirish muhim ahamiyatga egadir»18.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling