F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ob’ektiv
- Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
Tayanch tushunchalar:
Metodik-dasturiy – uslubiy dasturiy hujjat. Tipovoy shtat – Namunaviy ish joyi. Koordinatsiya kilish – muvofiqlashtirish. Pedagogik bilimlar – bola tarbiyasiga oid bilimlar. Nazoratchi – nazoratchi-uslubchi. Operativ – tezlikda, bir zumda, izchillikda. Ob’ektiv – xolisona. Ota-onalar ko‘mitai – ota-onalar qo‘mitasi – maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etiladigan eng muhim organ. Perspektiv reja – istiqbol reja. Maslaxatlar – yakkama-yakka va jamoa maslahatlari. Seminar – praktikumlar, seminar mashg‘ulotlari. Nazorat uchun savollar: «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan boshqarish maqsadlarini yoriting. Xalq ta’limi Vazirligining tashkiliy tizimi va ish mazmuni nimalardan iborat? Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish faoliyatini to‘liq yoritib bering. Xalq ta’limi bo‘limi nazoratchi-uslubchisi kim va unga qo‘yilgan asosiy talablar? Nazoratchi-uslubchi faoliyatining mazmuni nimalardan iborat? Ota-onalar va jamoatchilik bilan ish uslublarini izohlab ko‘rsating. Xalq ta’limi bo‘limining yillik ish rejasi mazmunini sxemalashtiring. Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: 1. Xalq ta’limi bo‘limi nazoratchi-uslubchisining boshqaruv faoliyatni izohlang. a) Ishlarni muvofiqlashtirish, qaramog‘idagi maktabgacha ta’lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatish b) Reja asosida tekshiruv turlarni o‘tqazish v) Tematik va frontal-yalpi-yalpi tekshiruv faoliyati g) Axborotlarni to‘plash, tahlil qilish 2. Maktabgacha ta’lim bo‘yicha nazorat ishlarini tashkil etishning ahamiyati a) Maktabgacha ta’lim muassasasiningta’lim-tarbiyaviy ishlariningsamaradorligini oshiradi. b) Metodik, ta’lim-tarbiyaviy ishlar sifatini oshirish v) Maktabgacha ta’lim xodimlarining mutaxassislik malakasini o‘stirish g) Smeta bo‘yicha xarajatlarni to‘g‘ri sarflash 3. Maktabgacha ta’lim bo‘limi nazoratchi-uslubchisining vazifalari a) Maktabgacha ta’lim muassasasining barcha faoliyatlarini nazoratdan o‘tqazish, rahbarlik, kadrlar bilan ta’minlash, metodik yordam ko‘rsatish b) Metodik birlashma ishiga rahbarlik, Pedagogik kengash o‘tqazish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash v) Ochiq tadbirlar o‘tqazishni tashkil etish, homiy tashkilotlar bilan ishlash, maktabga rahbarlar g) Mudira va uslubchi ish faoliyatini nazorat qilish. 4. Xalq talimi nazoratchi-uslubchisining asosiy ish faoliyati bu- a) Qaramog‘ida barcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini nazorat qilish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish b) Boshqaruv, nazorat, ta’lim-tarbiya ishlariga rahbarlik, kadrlarni tanlash v) Kadrlarni to‘g‘ri tanlash, nazorat qilish g) Ta’lim-tarbiya ishlariga rahbarlik, ota-onalar bilan ishlash 5. Xalq talimi xodimlari asosiy vazifalarining malaka tavsiflari qaysi vazirlik ro‘yxatidan o‘tqaziladi a) O‘zbekiston Xalq talim vazirligi; v) O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash Vazirligini; s) O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi ; d) O‘zbekiston mexnat va axloqiy,ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling