F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


XXIII-BOB: XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISh BO‘LIMLARI TOMONIDAN MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINI NAZORAT QILISH


Download 1.35 Mb.
bet198/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

XXIII-BOB: XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISh BO‘LIMLARI TOMONIDAN MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINI NAZORAT QILISH

Nazorat qilish - Davlat nazorati, xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan rahbarlikning eng muhim shakli ekanligi
Nazorat qilish deganda - Davlat nazorati, xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan rahbarlikning tekshirish shakllariga aytiladi.
Bu - Mustaqil Davlatimizning qaror, xukumat, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlarini, «Xalq ta’limi to‘g‘risidagi qonun» asoslarini bajarilishini, xalq ta’limi yoki tashkilotlar tomonidan, maktabgacha ta’lim ahvolini tekshirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan ariza, imkoniyat, iltimoslarni tekshirishdir. Bu - «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom», «Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi», «Maktabgacha ta’lim dasturi», «Bolajon» davlat dasturlarini bajarilishi ustidan nazoratdir.
Bu - har bir maktabgacha ta’lim muassasi ishidagi kamchiliklarni yo‘qotish choralarini ko‘ruvchi, pedagogik ta’lim-tarbiya, pedagogik ish sifatini o‘stirishda aniq amaliy yordam ko‘rsatuvchi tekshirish shaklsidir.

Nazorat qilish - nazorat qilishning metodologik asosini - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Maktabgacha ta’lim Konsepsiya»sida ko‘rsatib berilgan ilmiy jihatdan asoslangan g‘oyalar egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xokimiyatining tizimi - Xokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va uni nazorat qiluvchi tamoyillariga asoslanadi. Davlat o‘z faoliyatini iison va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoy adolat va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshira borib, xalq ta’limi bo‘limlarida nazorat ishlarini amalga oshirishda asosiy negiz bo‘lib hizmat qiladi. «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi» deyiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42 moddasida.


Nazorat qilishda - qonunlarning ustunligi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy konunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: «Qasrda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi». Xalq ta’limi bo‘limlarida - nazorat - amalga oshiradi.

Nazoratchi-uslubchi - bu ma’lum sohaga tegishli qonun-qoidalarning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qiluvchi shaxs.
Rahbar faoliyatini baholovchi bosh mezon – uning ishini tashkil qila bilish kobiliyatidir. Rahbar ishini shunday tashkil qilsinki, odamlar «Ha, bu xalq farovonligi yo‘lida g‘amho‘rlik qiluvchi va uni hamma narsadan yuksak quyuvchi rahbar, deya olsin».


Nazorat qilishda - boshqarishni obdon puxta o‘ylangan tizimini ishlab chiqish, o‘tmishni ma’suliyat bilan tahlil etish - kelajak yo‘lini talab borishini, o‘tkir muammolarni tortinchoqlik bilan emas, balki ro‘yi-rost ochib tashlash kerakligi uqtiriladi.
«Eskicha yondashish, eskicha fikr yuritish zamonini bizlar unutishimiz lozim».
«Bir haqiqatni hammamiz yaxshi anglab olishimiz zarur» - «Yakdillik, iymon va insof, so‘z va ish birligi insonparvarlik _ biz qurayotgan jamiyatimizning tamal toshlaridan biridir» - deb uqtiradi davlatimiz rahbari, hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov «O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustivor yo‘nalishlari» asarida (1992 yil).
Bu vazifalarni to‘g‘ri, o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarini nazorat qilishning ahamiyati beqiyosdir.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling