F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Download 1.35 Mb.
bet57/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Tayanch tushunchalar:

Sezgi – bu atrof olamdagi moddiy dunyoni, narsa va hodisalarning inson ongida aks etishi.

Sezish – atrofdagi narsa hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi xususiyatlarining miyamizga ta’sir etishi.

Perseptiv qobiliyat – bolalarning ruhiy holatini his qilish, tushuna olish orqali yuzaga chiqariluvchi qobiliyat.

Nazorat uchun savollar:
1. Sensor tarbiyaning asosiy vazifasi qaysilar?
2. Sensor tarbiyaning asosiy usuli nima?
3. Sensor tarbiyaning maqsadi nimalardan iborat?
4. Maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimlarining necha foizi sezish orqali idrok etiladi?
5. Ta’limni amalga oshirish yo‘llarini izohlang?
6. Mashg’ulot jarayonini amalga oshirish tamoyilarini yoroting?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalari qaysilar?
a) bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar sistemasini, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
b) bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish
v) bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy ko‘nikma va malakalarni, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish
g) hamma javoblar to‘g‘ri
2. Ta’limni necha xil yo‘l bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq?
a) 4 xil yo‘l bilan
b) 2 xil yo‘l bilan
v) bir necha xil yo‘l bilan
g) 1 xil yo‘l bilan
3. Mashg‘ulot qanday tuzilishga ega?
a) mashg‘ulotning maqsadi, yakuni
b) bolalarni uyushtirish, asosiy qism,, yakunlovchi qism
v) mashg‘ulotning borishi
g) hamma javoblar to‘g‘ri
4. Didaktik maqsadga ko‘ra mashg‘ulot turlarini ko‘rsating.
a) bolalarga yangi bilim beruvchi
b) bolalarni bilimlarini tekshiruvchi-sinovchi
v) mujassam, kompleksilan
g) hamma javoblar to‘g‘ri
5. Sensor tarbiyaning asosiy usuli nima?
a) tekshirish
b) so‘zlash
v) ko‘rsatish
g) tushuntirish
6. Sensor tarbiyaning vazifalari qaysilar?
a) bolalarda perseptiv harakatlarni shakllantirish
b) sensor etalonlar sistemasini shakllantirish
v) perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan Amaliy faoliyatda mustaqil foydalanish
g) hamma javoblar to‘g‘ri
7. Sensor tarbiya qaysi tarbiyalarning asosi hisoblanadi?
a) aqliy, estetik, jismoniy, mehnat
b) axloqiy, huquqiy
v) iqtisodiy, axloqiy
g) ekologik, aqliy
8. Sensor so‘zi nimani anglatadi?
a) sezgi, tuyg‘u
b) sezish qobiliyati
v) idrok
g) hamma javoblar to‘g‘ri


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling