F. Shubеrt ijоdi. R. Shumаn ijоdi Reja
R.SHumаn ijоdi. Kоmpоzitоrning tаrjimаi hоli - Robert Shuman (1810-1856)
Download 20.2 Kb.
|
Shubert)
R.SHumаn ijоdi. Kоmpоzitоrning tаrjimаi hоli - Robert Shuman (1810-1856) Buyuk nemis kompozitori R.Shuman 1810 yilda Svikkau shahrida tug’ilgan. Uning otasi adabiyotchi bo’lib, kitob savdosi va nashriyot bilan shug’ullangan. U 7 yoshidan boshlab organchi I.Kunsht qo’l ostida fortepiano chalishni o’rgana boshlaydi. U 15 yoshgacha adabiyot va musiqa bilan birdek shug’ullanadi. Badihagoylik (improvizatsiya) qiladi va kichik hajmdagi musiqa asarlari yozadi. Gimnaziyani tugatgach, (1828 y) Leyptsig va Geydelberg universitetlarida huquqshunoslikni o’rganadi. 1829 yilda universitetni tark etib, butunlay musiqani o’rganishga o’tadi. 1830 yili Paganini ijrosini tinglab unga havas qiladi. Uzi ham zo’r ijrochi bo’lishga intiladi. U Leyptsigdagi mashxur fortepiano muallimi Frediman Vikning shogirdi bo’ladi. Keyinchalik uning qizi Klaraga uylanadi. 1831 yili Dorndan kompozitorlik nazariyasini o’rganadi. Uning dastlabki yirik fortepiano asarlari paydo bo’la boshladi. Shu yillarda uning musiqiy tanqidchilik faoliyati ham boshlandi. F.Shopen haqida (1831 y) dastlabki maqolasi e`lon qilindi. 1834 yilda «Yangi musiqiy gazeta»ni tashkil etib, 10 yil davomida uning bosh muharriri, ko’pgina maqolalarning muallifi bo’ldi. U o’z maqolalarida milliy musiqaning rivoji va milliy kompozitorlar ijodini keng yoritib berdi. U 1837-38 yil kishida Venaga bordi va mohir kompozitor F.Shubertning oxirgi (do major) simfoniyasini topib nashr qildirdi. 1840 yili Ien shahridagi universitetning faxriy falsafa doqtori darajasiga sazovor bo’ldi. 1843 yili Leyptsig konservatoriyasida fortepiao va kompozitsiya boyicha professor lavozimini egallaydi. Keyinchalik umr yo’ldoshi Klara Shuman bilan birgalikda bir nechta kontsert gastrollariga chiqdi. Shuman 1844 yili Drezden shahriga ko’chib borgan. Bu yerda u ijoddan tashqari xor jamoalariga rahbarlik qildi. 1850-53 yillar davomida Dyusseldorf shahar musiqasi direktori lavozimida ishladi. Simfonik orkestr va xor jamoalari kontsertlarida dirijyorlik qildi. Shu davr uning ijodida eng sermahsul edi. 1853 yili Gollandiyaga kontsert sayohati uyushtirdi va I.Brams haqida oxirgi maqolasini yozdi. Ammo yoshligidanoq asab kasaliga chalingan Shuman 1854 yilga kelib juda qiynaldi. Shu yilning fevral oyida u o’zini Reyn daryosiga tashlaydi. Uni qutqarib olib, Endenix shahar ruhiy kasalliklar kasalxonasiga joylashtiradilar. Ikki yil davolanishlar natija bermay 26 iyul 1856 yili shu kasalxonada vafot etdi.
Download 20.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling