F. Shubеrt ijоdi. R. Shumаn ijоdi Reja


Ijоdining tаvsifi. Vоkаl lirikа. Vоkаl tsikllаri -


Download 20.2 Kb.
bet3/5
Sana21.01.2023
Hajmi20.2 Kb.
#1106378
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shubert)

Ijоdining tаvsifi. Vоkаl lirikа. Vоkаl tsikllаri - Bu janr kishilarni hayoti, turmushi, ichki dunyosi bilan juda chambarchas bog’langanligi uchun ham kompozitorga yaqindir. Shubertning o’zining vokal miniatyuralarida kishilar qidirgan ko’plab oylovlariga javob berdi. U o’z ashulalarini Shiller, Gete, Relshtab, Geyne, Shekspir, Valter Skot she`rlariga yozdi. Kompozitorni shoirlarning sevgi temasiga bagishlangan lirika qiziqtirardi: Masalan, Gyotening "Margarita za pryalkoy", (charx) Relshbatning "Serenada", Gyotening "Shveytsar ashulasi" da uzoq kutish onlari, uchrashuv va ajralish kabi sevgi motivlari asosiy o’rin egallagan. Yolg’izlik temasi ham kompozitorning vokal musiqasidan katta o’rin olgan. Uning bu xil temada yozgan asarlaridan: Shoir Myuller she`riga yozilgan "Qish yo’li" ashula tsikli Relshbatning she`riga yozilgan "o’zga yerda" nomli qo’shiq bunga misol bo’la oladi. Xalq sahnalari kompozitorning "Dala guli" (Gyote), "Qiz nolishi" (Shiller), "Ertalabki serenada" (Shekspir) da bayon etiladi. "O’rmon shohi" nomli balladasida fortepiano pasajlari tulkinlangani, qo’rquv, otning oyoq sadolari eshitiladi. Kompozitorning "Go’zal tegirmonchi", "Qish yo’li" singari ashula tsikllari birin ketin keladigan ashuladan iborat.
1-tsiklda har qaysi qo’shiq alohida lirik daqiqani bayon etadi.
2-tsikl "Prekrasnaya melnichixa" (Go’zal tegirmonchi).
To’plamda yosh tegirmonchi yigitning o’z baxtini izlab ariq boylab yo’lga tushganligi hikoya qilinadi. To’plam "Yo’lga" nomli ashula bilan boshlanib, "Irmoq allasi" nomli ashula bilan tugaydi. "Yo’lga" nomli ashulasi-to’plamga kirish qismi bo’lsa, "Irmoq allasi " - yakunlovchi qismini o’taydi. To’plamning ashulalarini mazmun buyicha 2 ta qismga birinchi 10 ta ashulani – bu yigit uchun oydin najod kunlari, II-nchi qismi – ishonchsizlik, rashk, g’amginlik onlari hisoblanadi. Oydinlikdan – g’amginlikka bu ashula to’plamining asosiy yo’li. 1-chi ashulalar esa tegirmonchini o’z ishqini izlab quvnoq kayfiyatda sayohatga chiqishi, II-nchi uning orzusining royobga chiqmasligi hikoya etiladi. Yigitning haqiqiy yo’ldoshi-irmoq-irmoqning goh quvnoq, goh hayajonli ovozi qahramonning psihologik holatini tasvirlaydi. 1-chi "Yo’lga" nomli ashula juda oddiy xalq ashulasiga o’xshaydi. "V put’" kupletli tuzilishga ega, kuy diatonikada rivojlandi, garmoniyasi ba`zi bir ohanglarining takrorlanib turishi, energiyali xushyor xarakterga ega edi. "Mening" nomli ashula qahramon kayfiyatidagi quvnoqlikning avj nuqtasi. Ashulada bayram kayfiyatiga xos lirik ohanglar bor, yumshoq ohanglar bilan ohanglar tugaydi. Ashulaning o’rta qismi rechitativga o’xshash ("Da pervoe slovechko") Fortepiano partiyasi so’z mazmuni bilan jur bo’ladi. "Ovchi" (oxotnik) yosh tegirmonchining qalbida ham dardning oshib borishi, rashk, uning raqibi jasur ovchi ekanligini sezadi.

Download 20.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling