F. Shubеrt ijоdi. R. Shumаn ijоdi Reja
Fоrtеpiаnо musiqаsi. Vоkаl lirikа. Simfоnik ijоdi -
Download 20.2 Kb.
|
Shubert)
Fоrtеpiаnо musiqаsi. Vоkаl lirikа. Simfоnik ijоdi - Kompozitor juda ko’p ashulalar yozish bilan birga fortepiano uchun ham musiqa asarlari yaratishda katta e`tibor bergan. Avvalo ashulalarida ham obrazlarini rivojlanishida fortepiano partiyasining rolini oshirgan. Fortepiano juda boy imkoniyatlarga ega bo’lgan asbob sifatida Romantik kompozitorni qiziqtirib keldi. Shubertning o’zi ham fortepianoni sevib chalgan, uning butun ijodi, shu jumladan fortepiano asarlari ashula san`ati orqali rivojlanadi. Asosiy harakterli ashula janri elementlarini ham kompozitor, fortepianoga ko’chirishga harakat etdi. Cholg’u asboblari, jumladan fortepiano uchun yozgan asarlari juda kuychan va ohangdordir. Ashula yo’llarini u sonatalar, simfoniyalar, operalar, kamer asarlariga o’tkazdi. Kompozitorning stili ayniqsa uning 8 ta "Ekspromtlarida" 6 ta musiqali momentlarida" juda ko’plab raqslar va marshlarida aniq ko’rindi. Uning "Ekspromtlari" va "Musiqali momentlari" hayotining oxirida yaratildi, shuning uchun ham bu xildagi asarlari uning usta bastakorligidan dalolat beradi.
Ekspromt deb musiqada hech qanday tayyorgarliksiz, fantaziya yoki improvizatsiya shaqlida bun`yod etilgan asarga aytiladi. Ekspromtlar o’z shakl jihatidan erkin shaklda yoziladi. Bu xildagi asarlar romantik kompozitorlar davrida birinchi marta yuzaga keladi. Adabiyot musiqa xodimlari esga kelgan bir vaqtni, voqeani, jonli eslab tasvir etadilar. Birdaniga xayolga qandaydir fikr keladi. Bu ekspromt kishining holatini o’zgarib turishi, kutilmagan tonalliklar, ohang orqali ko’rinadi. Kompozitorning "Musiqali daqiqalari" orasida uchinchi (fa minor)si ko’p tarqalgan. Uni musiqa maktablari o’quvchilari sevimli asar sifatida ijro etadilar. Shubert 200 dan ortiq val’slar, lendlerlar (nemis raqslari)ni yaratgan. Bular 2 qismli shaklda yozilgan kichik fortepiano p`esalari bo’lib, Shubert bu xildagi asarlarni bayramlar, kechalar, karnavallarda ijod etardi. Shubertning "O’rmon shohi", "Yo’lga", "Forel’", "Serenada", "Sharmanshik" kabi qo’shiqlari umumta’lim maktabiga musiqa darslarida tinglash uchun tavsiya etilgan. Shubert juda oz (31 yosh) umr ko’rgan bo’lsada, asrlar davomida yoshlarga tabiat, insoniylik, go’zallik haqida tarbiya berishga arzigulik o’lmas asarlar yozib qoldirdi. Download 20.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling