F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009


Download 83.68 Kb.
bet3/14
Sana26.02.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1232160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi

Nimadan boshlamoq kerak? (Bu axborotlar nodonlar uchun emas!)
Eng avvalo sizda o‘zingizga til o‘rganish borasida kuchli layoqat bo‘lishi kerak. Shunchaki xohish, istak - bu hali hech narsa emas. Ruxsatingiz bilan, til o‘rganishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq borasidagi o‘z qarashlarimni bayon etsam.
Ishtiyoqqa hech qanday majburiylik bo‘lmaydi. U hozir urf bo‘lganidek, magnitofon quloqchinini taqib, diktorning hissiz ovoziga jo‘r bo‘lib, ko‘r-ko‘rona til aylantirish emas. Chet tilidagi kinofilьmlarni tarjimasiz ko‘rishga urinib, miyangizni zo‘riqtirishingiz ham til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqingizdan darak bermaydi. Mashg‘ulot mobaynida soat millariga hasratli nigoh tashlashingiz esa sizning bu yerda ortiqcha ekanligingiz belgisidir. Mashgulot tugagani sababli yengil tin olayotgan bo‘lsangiz, sizga bitta do‘stona maslahatim, bu dunyoda shundoq ham chegaralab berilgan vaqtingizni ishtiyoqlaringizni olovlantiruvchi va naf keltiruvchi boshqa ishlarga sarflaganingiz ma'qul.
Ishtiyoq - bu til o‘rganishni chin yurakdan sevishingiz va jon-jahdingiz bilan unga intilishingizdir. Agar shunday bo‘lmasa, bu mashg‘ulotni o‘z vaqtida to‘xtaganingiz yaxshi.
Men takrorlashdan charchamayman, sizga hatto eng zo‘r professor ham xorijiy tilni o‘zingizga o‘rgatganingizday o‘rgata olmaydi. Mabodo siz zamonaviy jihozlangan til o‘rgatish markazlarigina mushkulimni oson qila oladi, desangiz yanglishasiz. Siz ishtiyoqsiz odam bo‘lsangiz, kurslarga kelasiz va qulay o‘rindiqlarga o‘rnashib olib, quyidagicha o‘y bilan kuta boshlaysiz: «Qani, menga falon tilni o‘rgatinglarchi! Sarflagan pulimga achinmasligim uchun nimalar qila olasizlar?»
Modomiki, siz tilni menga kimdir o‘rgatib qo‘yadi, degan fikrdan xalos bo‘lmas ekansiz, hatto o‘z ona tilingizni ham to‘liq o‘rgana olmaysiz.
Hayotda nimagadir erishishning yana bir sharti esa o‘zingizni noshud deb hisoblashga barham berishdir. Chunki siz hech ham noshud emassiz. Faqat «men buni uddalay olmayman» degan noo‘rin fikr ich-etingizni kemirib yotibdi. Bu esa ichingizdagi sizga qarshi ishlaydigan tizimdir. Atrofga e'tibor bering. Til o‘rgatish kurslaridagi hamxonalaringiz soni tobora kamayib bormoqda? Demak, tizim ishlayapti. Siz esa taslim bo‘lmang!
Ko‘nikishimizga to‘g‘ri keladi. Bizda maxsus o‘qish usullarini o‘rgatuvchi darslar va darsliklar yo‘q. Hamma ko‘zlagan niyatiga o‘zicha, o‘z bilganini qilib, bir amallab erishadi. Siz ham o‘z imkoniyatlaringizga tayaning. Mehnat va faqat mehnat bilangina hamma narsaga erishish mumkin.
Xo‘sh, aytaylik sizda ishtiyoq va intilish bor. Endi avvalo, nima qilish kerakligini aniqlashtirib olaylik. Birinchi navbatda, o‘rganayotgan tilingizga oid eng katta va qalin lug‘atni topasiz hamda so‘zlarni alifbo tartibida birma-bir yod olasiz. Tilda eng asosiy o‘rinni so‘zlar egallashi hammaga ma'lum. Demak, ishni lug‘at yodlashdan boshlar ekanmizda.

Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling