F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009
Download 83.68 Kb.
|
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kitob - hamma uchun!
- SIZGA XORIJIY TILNI O‘RGATIB BO‘LMAYDI!
MUVAFFAQIYATLAR KITOBI
Mazkur risola qisqa vaqt ichida kitobxonlar ommasini o‘ziga jalb eta olgan, ibtidosidan to so‘nggi nuqtasigacha til o‘rganish ishtiyoqida yurganlar uchun o‘ta zarur har qanday kishi ongida o‘ziga xos inqilob yasaydigan qo‘llanmadir. U sizni deyarli samara bermaydigan eski usullarga o‘ralashib, vaqtni va o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotish xavfidan asraydi. Chet tilini o‘rganayotgan yoki o‘rganmoqchi bo‘lgan har bir kishi ushbu kitob bilan tanishmogi shart. Negaki, u til o‘rganish borasidagi haqiqatlar bayonidir. Maktabda oliy o‘quv yurtlarida chet tilini «o‘rgangan» va alaloqibat o‘zida til o‘rganishga bo‘lgan uquvsizlikni «kashf qilgan», o‘qitish tizimining eski chegaralaridan chiqa olmayotgan har bir odam mazkur kitobni mutolaa qilgach, necha yillik urinishlarining nima uchun besamar ketgan-ligini anglab yetadi. Risolada taklif etilayotgan yo‘nalishlar chet tili o‘qituvchilari uchun ham ayni muddaodir. Bu kitob - hamma uchun! Kitob muallifi esa (o‘zi tan olganidek) til o‘rgatishning g‘irrom usullarini taklif qiluvchilarning birinchi raqamli dushmanidir. Muallif bir necha tillarni mukammal biladi va sizga ham sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan, ishonchli usullarni taklif qilmoqda. Til o‘rganish borasidagi niyatlaringiz jiddiymi? O‘z imkoniyatlaringizni munosib baholay olasizmi? Unday bo‘lsa, muvaffaqiyatlar dunyosiga xush kelibsiz! Tarjimon SIZGA XORIJIY TILNI O‘RGATIB BO‘LMAYDI! Ajablanayotganingiz ajablanarli emas, muhtaram o‘quvchim. Albatta, turli dasturlarga asoslangan qo‘llanmalar, lug‘atlar, istalgan chet tilini bir necha oylarda o‘rgatishni va'da qilayotgan til o‘rgatish kurslari, til o‘rganishning oson usullarini taklif qilayotgan o‘qituvchilar va til o‘rganish uchun yelib-yugurayotgan tengdoshlaringiz qurshovida turgan paytingizda bu gap sizga yoqimsiz syurpriz bo‘ldi-da. Men esa bundan xursandman. Negaki, risolamda bu kabi syurprizlar hali talay. Faqat siz xulosa chiqarishga shoshilmang. Kitobni bir chetga uloqtirishdan va fikrlarimga e'tiroz bildirishdan o‘zingizni tiying. Chunki men sizga dunyodagi yagona to‘g‘ri usul - o‘z-o‘zini o‘qitish usulini taklif qilmoqdaman. Ha, hech kim, hech qachon, hatto eng yaxshi sharoitlar yaratib berilgan taqdirda ham sizga hech bir tilni o‘zingiz-o‘zingizga o‘rgatganingizdek o‘rgata olmaydi. Aksariyat odamlar til o‘rganish mobaynida bu ish o‘zlari uchun emasligini «kashf» qila boshlaydilar. Holbuki, ular maktabda, oliy o‘quv yurtlarida til o‘rganish uchun astoydil uringan edilar. Oxir-oqibatda ko‘rishsa-ki, bir necha jumlalarni chala-chulpa tarjima qilish layoqatiga erishishibdi xolos. Nega? Chunki ular zerikarli ma'ruzalar, ilmiy jumlalar, kelishiklar, son-sanoqsiz qo‘shimchalarga to‘lib-toshgan tilshunoslik yo‘lini hech bir aniq maqsadlarsiz, shunchaki, bajarish lozim bo‘lgani uchungina bosib o‘tishdi. To‘g‘rirog‘i, shunga urinishdi. Majburiylik tufayli yod olishingiz lozim bo‘lgan lug‘atlar, chiroyli (usti yaltiroq...) qo‘llanmalar, chet tilini tezkor o‘rgatish usullarini taklif qiluvchi kitoblar - hammasi bir pulga qimmat! Men umrim davomida chet tilini asl mohiyat asosida o‘rganishni taklif qiluvchi hech bir kursni yoxud dasturni ko‘rganim yo‘q. Aksariyat kurslar hech qanday tahlillarsiz, «temir qoida»lar asosida ta'lim beradilar va natijada biz bir necha yillar davomida o‘zga tilning tumanli yo‘llarida besamar izg‘iymiz. Bizga uzoq yillik, ammo kam natijali usullarni yoki hali amalda sinab ko‘rilmagan yangi usullarni taklif qiladilar. Bir kunda bir necha soat shug‘ullanish bilan hech qaysi tilni o‘rganib bo‘lmaydi. Bu narsa konserva bankasida okeanda suzishday bir gap. Til o‘rganish sohasida mo‘'jizalar juda noyob bo‘ladi. Shu holingizda esa siz bilan bunday hol umuman sodir bo‘lmaydi. Bunga hatto umid ham qilmang. Sizni o‘ta mashaqqatli va uzoq davom etuvchi mashg‘ulotlar kutyapti. Bu ishga jiddiy kirishmog‘ingiz kerak, albatta. Darvoqe, siz muvaffaqiyatsizlikning achchiq ta'mini totib ko‘rgan odamga erishilgan muvaffaqiyatning mazasi asaldan ham totli tuyulishini aslo unutmang. Bu dunyoda hamma narsaga mehnat va mashaqqat bilan erishiladi. Yana takrorlayman, til o‘rganish bo‘yicha mukammal qo‘llanma hali yaratilgan emas. To‘g‘ri, yaxshi dasturli qo‘llanmalar bor. Ammo... keling, muqoyasa qilib ko‘raylik. Aytaylik, kitoblarda sizga choyning shifobaxsh xususiyatlari haqida uqtiradilar. Lekin uni qanday damlash, qachon va qay tariqa, qancha miqdorda iste'mol qilinganda foyda berishi haqida to‘xtalmaganlar. Siz kuniga litrlab choy ichasiz va organizmingiz uchun foydali suyuqlik iste'mol qilyapman, deb o‘ylaysiz. Uning zararli tomonlari ham borligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rmagansiz. Ana, hamma shun-day qilyapti-ku, deyapsiz, to‘g‘rimi? Jumladan, til o‘rganish borasida ham qarashlaringiz shunday. Siz eng mukammal hisoblanadigan qo‘llanmani topdingiz ham deylik. Shunda ham unutmang-ki, sizning maqsadingiz kitobni va unda bitil-ganlarni o‘rganish emas, tilni o‘rganishdir! Modomiki, kitobni o‘rganish bilan tilni o‘rganishni bir-biriga kiyoslab bo‘lmas ekan, demak, hushyorroq bo‘lishingiz lozim. Siz ogohlantirish-larimni inobatga olavering. Chunki ko‘p jildli kitoblarni satrma-satr o‘rganib va yod olib ham o‘rganayotgan tilingizda ravon so‘zlasha olmasdan o‘zingiz albatta shunday xulosaga kelasiz. Faqat bu paytda qimmatli vaqtingizga qo‘shib o‘zingizga bo‘lgan ishonchni ham yo‘qotgan bo‘lasiz. Uzoq yillar davomida shunday xulosaga keldim-ki, til o‘rganish usullari tushunarli, mantiqli, o‘ta sodda va oddiy bo‘lishi shart. Ammo hech qachon oson bo‘lmaydi. Agar sizga buning aksini taklif qilsalar, biling-ki ro‘parangizda vaqt o‘g‘risi turibdi. Ha, men buni sizga uzoq yillar davomida AQShda istiqomat qilgan, ko‘p tillarni mustaqil va mukammal o‘rgangan inson, chet tillar fakulьtetining iqtidorli bitiruvchisi, ko‘p yillar tarjimonlik sohasida mehnat qilgan, amerikalik «yashil beretlar»ga til o‘rgatgan o‘qituvchi, harbiy razvedkachi, MRB va siz hali hech qachon nomini ham eshitmagan, MRBdan ko‘ra muhim va yashirin tashkilot hisoblanadigan MRB agenti, AKSh Mudofaa Vazirligining Montereydagi xorijiy tillar institu-tida ishlagan mutaxassis sifatida aytyapman. Zero, bu institut dunyodagi eng nufuzli o‘quv dargohlaridan hisoblanadi. Endi maqsadga qaytaylik. Download 83.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling