F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009


Download 83.68 Kb.
bet7/14
Sana26.02.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1232160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi

Sizning yangi shaxsiyatingiz siz o‘sha xorijiy tilda fikrlay boshla-ganingizdagina shakllangan hisoblanadi.
Mening yuqorida aytgan tavsiyalarimni bajarish osonmas. Hatto bu ayrimlar uchun umuman mumkin emasday tuyuladi. Bu ham tabiiy. Negaki, inson miyasi turlicha chalg‘ishlarga, tashqi ta'sirlarga juda moyil bo‘ladi. Aynan bir narsa ustida diqqatni uzoq vaqt ushlab turish juda mushkul.
Sinf xonasida o‘qituvchining baland ovozi o‘quvchilar diqqatini birozgina tortib turishi mumkin xolos. Har kanday chalg‘ituvchi ta'sir e'tiborni chilparchin qila oladi. Jimjit sinf xonasidagi mittigina pashsha hammaning diqqatini bo‘ladi. Kimdir aksirsa ham shunday. Deraza ortidagi harakatlarniku umuman bee'tibor qoldirmaymiz. Ammo hech narsaga uzoq e'tibor qaratmaymiz ham.
Ha, azizim, diqqatni jamlay olmaslik - bizning asosiy dushmanimiz. Til o‘rganish mobaynida hal etishimiz shart bo‘lgan eng katta muammolardan biri - shu. Aynan shu muammoni hal eta olgan kishiga qolgan qiyinchiliklar cho‘t emas.
Muammoni qanday hal etmoq kerak?
Avvalo, miyamizni yaxshilab «kaltaklaymiz». Qanday bo‘lardi, dialog-larni ko‘p-ko‘p tinglash bilanda. Undan keyin baland ovoz bilan matnlarni o‘qiymiz. Miyamiz ta'zirini yeydi va chet ta'sirlarga parvo qilmay qo‘yadi. Shundan keyin diqqatni ushlab turishni o‘rganish kerak. Bu borada bizga filьmlar va kitob mutolaasi qo‘l keladi. Aynan shu o‘rinda kishining qiziqishlari ko‘p narsani hal kiladi. Hamma o‘z qiziqqan narsasiga ko‘proq e'tibor qaratadi. Siz ham qiziqqan janringizdagi filьm va kitoblarni tanlab oling. Bu masalada hech kim bilan maslahatlashmang. Detektiv romanlar yoqadimi? Marhamat! Melodramani xush ko‘rasizmi? Bemalol! Erotik mavzulardagi adabiyotni o‘qimoqchimisiz? O‘qiyvering! Bu bizning sirimiz bo‘la qolsin.
Bu o‘rinda bittagina qoidaga amal qiling: o‘qing, ko‘ring, faqat o‘zingizga qiziq bo‘lganini, e'tiboringizni tortadiganini!
Shu yerda men «kilometraj» degan so‘zni ko‘llamoqchiman. Kilometrajlab kino ko‘ring, kilometr sahifali asarlar o‘qing, faqat hammasi o‘rganayotgan tilingizda bo‘lsin.
Har bir tahsilni boshlashdan oldin ma'lum mashqlarni bajarishni tavsiya qilaman. Bunday mashqlarni sahnaga chiqish oldidan teatr aktyorlari ham bajaradilar.
Silovchi harakatlar bilan lablarni, qoshlarni, peshonani uqalaysiz. Quloqlarni yengilgina cho‘zib va shapatilab qo‘yasiz hamda quloq solin-choqlarini uqalaysiz. Aynan shu mashqni jang oldidan bokschilar bajaradilar. Quloq solinchoqlari biologik faol nuqta bo‘lib, uni uqalash miyada qon aylanishining yaxshilanishiga yordam beradi. Undan keyin tilni lablar ortida va tish hamda tanglaylar orasida bir necha marta aylantiring. Lablaringizni ochib, avval tabassum qilganday (buni «ot tabassumi» ham deydilar) harakat qiling, keyin cho‘chchaytiring. Bu mashqni ham bir necha marta takrorlang.
O‘zingizda toliqish his qilgan paytlaringizda ham bu mashqlar ko‘mak beradi. Til o‘rganish mashgulotlari davomida esa ularni doimo bajarib boring. Ha, aytganday, mashqlarni birovga ko‘rsatmasdan bajarganingiz ma'qul. Chunki atrofingizda bu sohadan bexabar odamlar bo‘lsa, sizni jinniga chiqarishlari ehtimoldan xoli emas.
Tahsil paytida har 30-40 daqiqadan so‘ng peshonani va quloqlarni albatta uqalab turing. Bu mashkdar miyadagi dangasalikni va charchoqni quvishga yordam beradi. Mayli, bu narsa sizning maxfiy qurolingiz bo‘la qolsin.
Xo‘sh, endi navbatdagi tavsiyalarga o‘tamiz.
Magnitofondan dialoglarni tinglayotgan paytingizda o‘ta sabrli bo‘ling. Qaysidir so‘zga tushunmay qoldingizmi, darrov tasmani ortga qaytaring. Ko‘pchilik bilan dars o‘tayotganda buning iloji yo‘q. Shuning uchun ko‘proq yakka holda tinglang. Tushunmay qolgan so‘zlarni o‘tkazib yubormang. Tushunishingiz va to‘g‘ri talaffuzni o‘rganishingiz uchun tasmani ortga ming marta qaytarish kerak bo‘lsa, ming marta qaytaring. Ko‘pchilik shu o‘rinda zerikib qoladi va erinchoqlik qiladi. Ular menga mashina g‘ildiraklari qumga botib turgani holda zo‘r berib gazni bosayotgan haydovchini eslatadilar.
Bu jarayonda tushirib qoldiriladigan hech narsa bo‘lmasligi kerak. Agar nimadir qolib ketsa, siz boshi berk ko‘chaga kirib qolasiz. Avvaliga bu se-zilmaydi, ammo vaqti kelib albatta shunday bo‘ladi. Axir yaxshiroq eshitmagan narsangizni qanday qilib to‘g‘ri talaffuz yoki tarjima qila olasiz?
Men bitta dialogni ikki-uch soatlab tinglar edim. Pulimning kattagina qismi kassetalar va batareykalarga sarf bo‘lardi. Axir sizda hozir juda yaxshi uskunalar bor. Istalgan mavzudagi disklarni osongina topishingiz yoki o‘zingizga qulay uslubda kompьyuterda yozdirib olishingiz mumkin. Xullas, imkoniyat borasida xech qanday bahonangiz yo‘q.
Dialog fonida hech qanday chalg‘ituvchi tovushlar va musiqa bo‘lmasligi kerak. Faqat dialoglarni eshiting. Kasseta yoki diskingizga o‘rganilayotgan matndagi gaplarni alohida-alohida holda yozdirib oling. Bitta gap hech qanday pauzalarsiz (ikki soniyadan ortiq pauza bo‘lmasin) yigirma daqiqa davomida qaytarilsin. Masalan, «Bu kecha London osmoni rutubatli edi. Bu kecha London osmoni rutubatli edi. Bu kecha London osmoni rutubatli edi...»
Kurslarda eshitiladigan dialoglarda odatda sezilarli pauzalar bo‘ladi. Bu pauzalar e'tiborni chalg‘itishga xizmat kiladi xolos. Bu narsa menga restoranda sizdan buyurtma qabul qilib olib, ancha vaqt yo‘q bo‘lib ketadigan va qaytib kelib desert uchun nima buyurishingizni so‘raydigan befarosat ofitsiantkalarni eslatadi.
Hozirgina sizga tavsiya etgan usulim tasmani qayta-qayta ortga qaytarishdan sizni xalos etadi. Yigirma daqika davomida to‘xtovsiz kaytarilgan gapni yaxshi ilg‘ab ololmagan odamni esa anqov deyishdan o‘zga ilojimiz yo‘q. U bizning oramizda nima qilib yuribdi?
Matn tinglash uchun eng sifatli moslamalarni tanlang. Quloklarin-gizga hech qanday tashqi ovozlar kirmasin. Astoydil urinayotgan miyamizning qayeridadir ichki bir kuch arzimasday tuyuladigan chalg‘ituvchi ta'sirni kutib yotganini unutmang. Bu kuch bir soniyada bir kunlik mehnatingizni chippakka chiqarishi ham mumkin.
Matn tinglash mobaynida albatta uning yozma shakliga ham ko‘z yugurtirib borasiz. Siz matnni shunday yozib oling-ki, faqat kisqa pauzalar paytidagina ko‘zingizni ikkinchi varaqqa olishingizga to‘g‘ri kelsin. Ketma-ket o‘qilayotgan jumla davomida daftar varaqlashingizga to‘g‘ri kelmasin va begona tildagi so‘zlarni hech qachon qisqartirib yozmang.
Yuqoridagi masalalarga e'tibor berishga arzimaydigan mayda-chuyda narsaday qaraydilar. Bu arzimasday tuyulgan jihatlarni men chivinga o‘xshataman. Chivinlar aynan hamma ishlarni tugatib, oyoq-qo‘llarni uzatgan rohatijon damlaringizda o‘z ishlarini boshlaydilar. Demak, siz hamma ishni to‘liq bajarmabsiz: chivinlar o‘ldirilmabdi... .
Mening muhtaram o‘kuvchim, men sizning kitobsevar ekanligingizga ishongim keladi. Nega ham ishonmay?! Siz axir ziyoli odamsiz. Bo‘sh vaqt topildi deguncha qo‘lingizga kitob olishingiz meni juda quvontiradi. Ziyoli odamlar kitobdan umr bo‘yi ayrilmaydilar. Bu gaplarni nega nima uchun aytayotganimni bilasizmi?

Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling