O’simlik moddalari (silibinin)


Download 19.3 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi19.3 Kb.
#1122440
Bog'liq
Xulosa


Xulosa
Qishloq xo’jaligi havonlarining salomatliklarini asrash uchun kasallik alomatlarini kutish shart emas. Jigar kasalliklarini oldini olish uni davolashdan ko’ra osonroqdir. Ammo kasallik tashxisi qo’yilgan bo’lsa — umidsizlikka tushmaslik kerak va bizga berilgan uzoq yillik bilimlar va ko’nikmalarni yodga olgan holda sovuqqonlik bilan kasallikni davolashga kirishishimiz lozim.Kasallikga tashxis qo’yishdan oldin u bilan tanishib olamiz
Jigar kasalliklarini davolashda virusga qarshi preparatlar, yallig’lanishga qarshi dorilar va simptomatik terapiya qo’llaniladi. Shuningdek, keng tanlovda gepatoprotektorlar mavjud, bunday vositalar guruhiga quyidagilar kiradi:

  • O’simlik moddalari (silibinin);

  • Aminokislotalar (ademetionin);

  • Yog’ kislotalari (alfa-lipoik kislota);

  • Safro kislotasi analoglari (ursodezoksixol kislota);

  • Fosfolipidlar.

Jigarni himoya qiladigan dorilar bir o’zida nechta faol moddalarni birlashtirishi mumkin. Aksariyat preparatlarning ta’siri hujayra devorining zararlanishini kamaytirishga qaratilgan bo’ladi, ammo ideal gepatoprotektor nafaqat jigar hujayralari tuzilishini tiklashga yordam beradigan, balki yallig’lanish darajasini kamaytiradigan moddalarni ham o’z ichiga oladi (masalan, glitsirrizin kislota). Dori vositalarini tayinlash va terapiya kursini nazorat qilish uchun shifokor javobgar.
Salomatlikni asrash uchun kasallik alomatlarini kutish shart emas. Jigar kasalliklarini oldini olish uni davolashdan ko’ra osonroqdir. Ammo kasallik tashxisi qo’yilgan bo’lsa — umidsizlikka tushmaslik kerak. Jigar qurti (Fasciola hepatica) - soʻrgʻichlilar sinfiga mansub parazit chuvalchang turi. Tanasining rangi oqish yoki jigarrang , shakli yaproqsimon. Uz. 20–30 mm, eni 8–13 mm; oldingi uchki qismi konussimon toraygan. Soʻrgʻichlari ikkita. Oldingi ogʻiz soʻrgʻichi oʻrtasida ogʻiz teshigi boʻladi. Ogʻiz soʻrgʻichidan orqaroqda ikkinchi qoʻshimcha qorin soʻrgʻichi joylashgan. 1- va 2-soʻrgʻichlar oʻrtasida jinsiy teshigi, tanasining orqa uchida ayirish organi teshigi bor. J. q., asosan, tuyoqli sut emizuvchilar (qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot, choʻchqa va b.) hamda odam jigari oʻt suyuqligi yoʻllarida parazitlik qiladi; oʻt va oʻt yoʻlidagi yemirilgan hujayralarning parchalanish mahsulotlari bilan oziqlanadi, J. q. b-n zararlanish fassiolyoz deyiladi. J. q. 2 xoʻjayinda rivojlanadi. Tuxumlari axlat bilan suvga tushganida ulardan kiprikli miratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka suvda suzib yurib, oʻzining oraliq xoʻjayini — kichik suv shilligʻi (Galba truncatula)HH topib, uning ichiga kirib oladi. Miratsidiydan spo-rotsistalar; rediyalar va serkariyalar rivojlanadi. Serkariyalar shilliq qurt tanasidan tashqariga chiqadi va navbatdagi lichinkalik davri — adoleskariyaga aylanadi. J. q.ning asosiy xoʻjayinlari — chorva mollari suv ichganda yoki suv ichida oʻsgan oʻtlarni yeganda sistaga oʻralgan adoleskariyani ham yutib yuboradi. Chorva mollari ichagida sista yorilib, yosh jigar qurti chiqadi. Qurt ichak devorini teshib qonga oʻtadi; qon orqali jigarning oʻt suyuqligi yoʻliga oʻtib, bu yerda voyaga yetadi. Odamlar ham koʻlmak suv havzalaridan suv ichganida J. q. bilan zararlanishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Zoologiya va parazitologiya oliy o’quv yurtlari uchun maxsus qollanma «Akademiya» 2001.
2. Abuladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x jivotno’x. Uchebnik dlya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 1990.
3. Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998.
5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978.
6. Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.
7.Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
8.Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
9.Ibodullayev ensiklopediyasi
10.www.asab.uz
11.ziyouz.uz
Download 19.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling