F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


 Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

2.2. Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari 
ila psixologiyasining asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: 
Kuzatish metodi. Oilaviy munosabatlarni kuzatish deb oilaviy va turmush 
vaziyatlarida odamlarning tashqi xulq-atvorini idrok etish va muntazam qayd etib 
borishga bog’liq faoliyatga aytiladi. Odatda tadqiqot o`tkazayotgan psixologning 
kuzatayotganligini oila a’zolari bilmasliklari, sezmasliklari kerak. Kuzatuv 
natijalarini qayd etish aniq ko`rgan-kechirganlarni qanday bo`lsa shundayligicha 
yozib borish yoki esda saqlab qolib, keyin hech bir sub’ektiv xulosa yoki tahlilsiz 
daftariga belgilab borish tarzida kechadi. 
Konkret vaziyatlarni tahlil qilish metodi. Oila muhitida yoki hayotiy 
sharoitlarda ro`y bergan voqea-hodisalarni qayd etish unga kompleks yondashuvni 
talab etadi. Bunda o`rganayotgan shaxs testlar o`tkazishi, oila a’zolarining 
biografik ma’lumotlarini tahlil etishi yoki aniq maqsadli so`rov o`tkazishi mumkin. 
So`rov metodi. Odatda psixolog bir xonadonga kirib, hammada birdan 
so`rov o`tkaza olmaydi, u kim bilan, qachon va qanday maqsadda so`rov o`tkazishi 
lozimligini aniq bilishi va oldindan tanlovni belgilab qo`ygan bo`lishi lozim. 
Odamlar tanlab olingach, so`rovnomaga kiritilgan har bir savolning ifodalanishiga 
e’tiborni qaraaatish lozim. CHunki bir shaxsga juda oson va aniqday tuyulgan 
savol boshqa bir shaxs uchun qiyin, noqulay, mavhum bo`lib tuyulishi mumkin. 
Masalan, savolning mazmunini tushunishda uyda o`tirgan beka bilan oila a’zosi 
bo`lgan pedagog ayol o`rtasida farq bo`lishi mumkin. So`rov odatda bevosita 
yuzma-yuz ko`rishib o`tkazilishi, telefon orqali yoki pochta orqali yuborilgan 



46 
yozma savolnoma tarzida o`tkazilishi mumkin. Oila psixologiyasida so`rovnomalar 
tarqatish orqali odamlarning fikrlari, munosabatlarini aniqlash keng tarqalgan. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling