F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Eksperiment. Ushbu usul yordamida bir omil ta’sirining boshqa bir omil 
yoki holatning kelib chiqishiga turtki bo`lishini aniqlash mumkin. Odatda oilaviy 
munosabatlar dinamikasini o`rganishda, u yoki bu hodisalar yoki omillar 
o`rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda eksperiment usulidan foydalaniladi. Bunda bir 
necha xonadon eksperimental, ya’ni sinov o`tkazilayotgan guruh hisoblansa, 
boshqalari nazorat guruhi sifatida saqlanadi, eksperimentdan so`ng, olingan 
natijalar ikkala guruh misolida qiyoslanadi. CHunki bunday taqqoslash 
o`tkazilmasa, eksperiment o`tkazilgan guruhdagi o`zgarishlarning salmog’ini qayd 
etish mushkul bo`ladi. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi olimlari 2006 yilda 
mamlakatimizning ayrim xududlarida tanlab olingan guruhlarda o`ziga xos 
eksperiment o`tkazishgan: mahallada “Oila universitetlari” yoki “Ota-onalar 
universitetlari” tashkil etib, eksperiment oldidan universitet tinglovchilarining 
qator masalalarda oilaviy ustanovkalarini qayd etganlar, so`ngra aniq dastur 
asosida 6 oy mobaynida mashg’ulotlar, davra suhbatlari, ma’rifiy tadbirlardan 
so`ng yana o`sha so`rovnoma orqali ular fikrlari o`rganilib, natijalari monitoring 
qilinganda, targ’ibot-tashviqot ishlarining samaradorligi qayd etilgan. Bu ham 
o`ziga xos eksperiment bo`lib, muayyan maqsad va natijani ko`zlaydi. 
– Statistik metodlar. Matematik statistikaning qator usullari empirik 
izlanishlar davomida qo`lga kiritilgan ma’lumotlarning qay darajada ilmiy jihatdan 
asoslanganligini isbotldash maqsadida qo`llaniladi. Ayniqsa, bir hodisa yoki 
holatning bioshqa bir holat yoki hodisaning oqibati, sababi ekanligini isbot etish 
uchun statistik metodlarni qo`llash barcha tadqiqotlarning talablaridan biridir. 
Masalan, oila a’zolarining biror qadriyatlarga nisbatan munosabatlarida yaqinlik
o`xshashlik borligini isbotlash uchun korelyatsion metodlardan foydalaniladi. 
Masalan, Spirmenning yoki Kendallning korrelyatsiya koeffitsientlarini hisoblash 
usullari bunday sharoitlarda juda qo`l keladi. Yoki olingan empirik raqamlarning 
ishonchliligi va matematik jihatdan to`g’riligini isbotlash maqsadida tadqiqotchilar 
Stьyudentning t – mezonini qo`llaydilar. Bunday yondashuv olimning mehnati 


47 
asoslangan, ma’lumotlari ishonchli ekanligini tasdiqlaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling