F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Gender psixologiyasi – psixologiya fanining bir sohasidir. Boshqa sohalar 
singari u ham o`z tarixiga ega. Ammo bu tarixni XX asrning 70-yillaridan boshlab 
o`rganish noo`rin deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, uni fenemizm mevasi deyish 
ham noto`g’ri. Biroq fanning asosiy xizmati zamonaviy psixologik muammolarga 
jamoatchilik fikrining jalb qilinishi hisoblanadi. 
“Gender” atamasi (ijtimoiy jins, madaniyat mahsuli) paydo bo`lganiga ko`p 
bo`lmagan bo`lsa-da (1975 yil), fanda ilgari ham bir qator g’oya va izlanishlar 
mavjud bo`lib, biz ularni hech ikkilanmay psixologiyaning ushbu sohasiga 
aloqador deb bilishimiz mumkin. Fan tarixida 5 bosqichni ajratib ko`rsatishimiz 
mumkin: 
1. tegishli g’oyalarning falsafiy nuqtai nazardan ishlab chiqilishi (qadimgi 
davrlardan XIX asr oxirigacha); 
2. gender psixologiyasining predmeti va bo’limlarining shakllanishi (XIX asr 
oxiri XX asr boshi); 
3. psixoanaliz Z.Freyd nomi bilan bog’liq “Freyd davri” (XX asr boshi – 1930 
yil); 
4. yirik eksperemental tadqiqotlarning boshlanishi va ilk nazariyalarning 
paydo bo’lishi (1950–1980 yillar); 
5. gender psixologiyasining jadal sur’atda rivojlanishi: eksperemental 
tadqiqotlar, empirik faktlarning nazariy tahlil qilinishi, ma’lum metod va 
yetodikalarning adaptatsiyasi va maxsus gender metodikalarning yaratilishi 
(1990 yildan shu davrgacha). 
Ko`plab o`tkazilgan tadqiqotlar va turli yo`nalish vakillarining feminizm va 
jinslararo tafovutlar to`g’risidagi fikrlarini umumlashtirib, shuni e’tirof etish 
mumkinki, ikkita asosiy shart aniqlanganda, jinsiy tafovutlar borligi tasdiqlanadi: 


53 
jinsiy tafovutlarning realligini erkak va ayoldagi u yoki bu psixik xususiyatlar 
mavjudligini tasdiqlovchi farq kamida 10 % va undan yuqorini tashkil 
etgandagina tan olish;
hech bo`lmaganda, bir jins 20 % dan kam bo`lmagan ko`rsatkichni namoyish 
etgan natijalarnigina o`rganib chiqish, ya’ni, bu – erkak yoki ayolda qayd 
etilgan shaxsiy xususiyatlar yoki xulqqa to`g’ri tavsifnoma berilganini kamida 
5-6 nafar tekshirilayotgan insonlar yoki ekspertlar bir ovozdan 
ma’qullashganda. Ya’ni, metodologik nuqtai nazardan, jinsiy tafovut bor 
ekanligi ushbu statistik qoidalar rioya etilgandagina tan olinadi. 
Mishelь Paludining yozishicha, bunugi kunda gender psixologiyasi sohasida 
asosan androtsentrik qarashlar ustivorligi kuzatilmoqda. Ya’ni, ikkala jins vakilida 
ham bir-biridan tomoman farq qilmaydigan, ikkalasida ham kuzatish mumkin 
bo`lgan psixologik xususiyatlar kuzatilmoqdaki, bu ularning eng avvalo oila va 
nikoh masalalaridagi qarashlar uyg’unligidan kelib chiqadi. Lekin metodologik 
jihatdan olimning ta’kidlashicha, baribir, aynan ayolga xos sifatlar normasi haqida 
gap ketganda, baribir ular erkak sifatlarining standarti asosida tahlil etiladi.
11
Aslida dunyo miqyosida ahloq, muvaffaqiyatlarga intilish motivatsiyasi kabilar 
o`rganilganda, asosan bu masalalar erkaklar va o`g’il bollaar misolidagina 
o`rganiladi. Agressiya bo`yicha o`tkazilgan tadqiqotlarning 50 foizida faqat 
erkaklar, 10 foizida ayollar, qolgan 40 foizida ham ayol, ham erkaklar birgalikda 
ishtirok etgan. Umuman, xorijda o`tkaziladigan psixologik tadqiqotlarda ko`proq 
erkaklar sinaluvchilar sifatida ishtirok etishi ham o`ziga xos holatdir. Bizda esa 
psixologik hamda sotsiologik tadqiqotlarda ikkala jins vakillari teng, yoki aksaryait 
oila tadqiqotlarida qizlar va katta yoshli ayollar qatnashadilar. 
Amerikalik tadqiqotchi Devid Mayers
12
jins, genlar va madaniyat masalalarini 
o`rganar ekan, genderni – erkaklik va ayollik xususiyatlarini tavsiflovchi 
tushuncha sifatida, Paludidan farqli, jinsiy tafovutlarni o`rganish xotin-qizlarning 
erkaklarga nisbatan anchagina masalalarda ustunlikka ham ega ekanligini alohida 
11

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling