F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Мишель Палуди. Психология женщин. – СПб.: прайм-ЕВРОЗНАК, 2003. – С. 14. 
12
Майерс Д. Социальная психология. Интенсивный курс. – СПб.: прайм-ЕВРОЗНАК, 2002. – 512 с. 


54 
ta’kidlaydi. Uning fikricha, ayollardagi tajovuzkorlik, agressiyaning kamligi, 
o`zgalarga g’amxo`rlik va o`zgalar tashvishlariga nisbatan befarq bo`lolmaslik, 
hamdarliklari aynan ularning jamiyatda tutgan foydali mavqelarini belgilashi 
mumkin. Aynan ayollar, boshqav tadqiqotchilarning fikricha, insonlar bilan 
bo`ladigan munosabatlarda iliqlik, yaqinlik tarafdorlaridir (Nancy Chodorow, Jean 
Baker Miller, Corol Gillbgan va boshqalar). 
Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, jinsiy tafovutlar aynan yoshlik 
chog’idanoq namoyon bo`la boshlaydi. O`g’il bolalar, masalan, yoshlikdanoq 
mustaqillikka intilsa, qiz bolalar o`zaro bog’liqlikka, kimlar bilandir birga 
bo`lishga intiladi. Agar o`g’il bola ko`proq ko`pchilik ishtirok etadigan o`yinlarni 
afzal ko`rib, ko`chaga chopsa, qizlar kichikroq tengqurlar guruhida jipslikda 
o`ynashni, o`yin chog’ida ham bir-birlariga hamdardlik ko`rsatish, tushunishga 
intiladi, agressiya ular muloqotida kam bo`ladi (Lever, 1978). 
Inson ulg’aygan sari jinsiy tafovutlarning namoyon bo`lish ko`lami ham 
kengayib boradi. Buni ta’kidlovchi tadqiqotlar xorijda, Rossiyada va MHD 
mamlkatlarida ko`plab o`tkazilgan. Ularda xotin-qizlarning erlaridan farqli juda 
ko`p jihatlari ajratilib, ularning tashqi ijtimoiy muhitga munosabatlari – 
hamdarliklari, o`zgalar bilan muloqotga intiqliklari, muomalada o`ziga xos 
taktikaga ega ekanliklari kabi o`nlab yo`nalishlar eksperimentlarda isbotlandi. 
Masalan, Eagly va Johnson (1990) izlanishlarida odamlar bilan muomalada 
erkaklar ko`proq avtoritarlikni, xotin-qizlar esa demokratizmni namoyon qilishi 
isbotlangan. Boshqaruvda erkaklarga do`q qilib, direktiv ohangda boshqarish, 
qarorlar qabul qilish ma’qulroq bo`lsa, ayollarga – “komanda, jamoa ruhi” bilan 
jamoatchi lider bo`lish osonroqdir. 
Rossi va Rossi (1990) tadqiqotlari oilaga nisbatan gender ustanovkalarga 
bag’ishlangan bo`lib, ayollar – onalar, opalar, qizlar va buvilar tasavvurida oila bu 
muayyan yaxlitlik, birlik ramzi ekanligi va shuning uchun ham asosan vaqtlarini 
farzandlariga, ayniqsa, ular maktabgacha yoshda bo`lgan vaqtlarida hamda 
keksaygan insonlarga bag’ishlashi mumkinligi o`rganilgan. Tug’ilgan kunlarga 
ham ayollar erlaridan farqli ko`proq sovg’a-salom, otkritkalar xarid qilishi, bu 


55 
ishlarga bemalol pul sarflayverishi mumkin. Fotosuratlarga qarab, o`zini o`zi 
baholash vazifasi berilganda, aynan ayollar o`zlarini oila a’zolari davrasida aks 
etgan fotosuratlarda alohida mehr va jiddiylik bilan tavsiflay olganlar. Ya’ni, 
oilaga nisbatan ustanovka xotin-qizlarda hamisha ijobiy obrazga ega. 
O`zbekistonda ham gender masalasi ko`pincha oila muammolari doirasida 
o`rganilishi an’anaga aylangan. Qator tadqiqotlarda (E.G’oziev, G’.SHoumarov, 
V.Karimova, I.Yokubov, B.Qodirov, S.Mirhosilov, E.Usmonov, N.Sog’inov, 
F.Akramova, L.Karimova, N.Salaeva, O.SHamieva, O.Abdusattorova va b-q.) 
oilaviy hamda shaxslararo o`zaro munosabatlar doirasida alohida ahamiyat kasb 
etgan gender tafovutlar o`rganilgan.
Muallifningning oila va oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik omillari 
va oqibatlariga bag’ishlangan asarlarida oilada yoshlarni gender munosabatlarga 
tayyorlash muammolariga
13
, gender tasavvurlarning shaxs tarbiyasidagi o`rni 
(2006) kabi masalalarda e’tibor qaratilgan. Bizning oxirgi tadqiqotlarimizda
14
er-
xotin va oiladagi sibling munosabatlarning bola shaxsiga ta’siri, jumladan, erkaklik 
va ayollik fazilatlari shakllanishidagi o`rni o`rganilgan, ilmiy xulosalar chiqargan.
Bu kabi ota-ona munosabatlarining farzandlarga gender ta’siri muammosi 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling