F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


 Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

4.2. Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi 
 
Romantik sevgi – ikki kishi o`rtasidagi munosabatlarning eng ko`p tarqalgan turi 
hisoblanadi. Olimlarning fikricha, romantik sevgi – eng kam anglanadigan, 
odamning biologik ehtiyojlari bilan bog’liq munosabatlardir. Bunday 
munosabatlarning eng muhim jihati shundaki, ikkala tomon ham bir-birlaridan 
o`zlari ko`rishni xohlagan sifatlarni qidiradi va ko`radi. SHu bois ham ko`pincha 
romantik his-tuyg’ularga asoslangan munosabatlarning umri qisqa bo`ladi, chunki 
real xulq-atvor bilan ideal tasavvurlar o`rtasida ziddiyat, nomutanosiblik paydo 
bo`lishi mumkin. Ayni shu munosabatlarning salbiy oqibatlari odamni qiynaydi, 
hayotdan umidsizlikni, boshdan kechirgan hissiyotlari yolg’onligini anglash unda 
juda qattiq aziyatlarni keltirib chiqaradi. Lekin bir yomonning bir yaxshisi bo`ladi, 
deganlariday, boshdan kechirilgan azoblar odamni shaxs sifatida takomillashuviga, 
ichki hissiyotlarning ko`p qirrali bo`lishiga olib keladi. Masalan, tashqi 
ko`rinishiga bee’tibor bo`lgan qiz bir yigit bilan romantik hissiyotlarga berilib 
qolib, toshoyna oldidan ketmaydigan, toza, orasta yurishga odatlanadigan, 
kiyimlarni ham hamisha bejirim kiyishga o`rganib boradi. Sevgilisiga yoqishni 
astoydil xohlagan yigit esa ayrim zararli odatlaridan, masalan, dangasalik, ko`p 
uxlash, tamaki chekish kabilardan voz kechib, yangidan turmush tarzini boshlashga 
azmu-qaror qilishi tabiiy. Yoki institutda o`qishni o`ziga ep ko`rmagan yigit talaba 
qizni sevib qolib, u o`qiydigan oliygohga ne-ne mashaqqatlar bilan kirib o`qigani 
bilan bog’liq misollar ham hayotda talaygina uchraydi.
L. Kameron-Benjler (1993) ning fikricha, romantik sevgi hissi 
rivojlanishining 7
bosqichi bo`lib, unga quyidagilar kiradi:
1. O`ziga jalb etish – yangi tanishlarning bir-birlariga noverbal belgilar orqali 
qiziqishi borligini bildirish. Bu davrda sheriklar dilidagi istak va xohishlarini yangi 
tanishgan odamida mavjudligini tahlil etadi. Bunga odatda asosan odamdagi aql-
zakovat, samimiyat, qo`li ochiqlik, yumor hissi, ishonchlilik, dadillik, qizlardagi 


72 
ibo kabi sifatlar sababchi bo`ladi. Bu sifatlar hammaga yoqadigan sifatlar bo`lgani 
uchun ham yangi tanishlar o`zlarida aynan sherigiga yoqadigan shu sifatlarni 
namoyon etishga intiladilar. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling