F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Haddan oshish yoki munosabatlar chegarasining darz ketishi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

6. Haddan oshish yoki munosabatlar chegarasining darz ketishi – 
bosqichida sheriklardan biri (ba’zan ikkalasi bir vaqtda) munosabatlarga chek-
chegara qo`yish vaqti kelganligini anglab qoladi. SHu fikr paydo bo`lgan ondan 


73 
boshlab, ular yana bir karra qabul qilingan qarorning nechog’li to`g’ri ekanligini 
o`ylab ko`rishadi. Odatda bu noo`rin talablarni bir-biriga qo`yish orqali 
hissiyotlarni tekshirish orqali ro`y beradi. Masalan, “bu va yana bu takliflarimga 
ko`nsaang, senga uylanaman, bo`lmasa, oramiz ochiq” qabilida. 
7. Munosabatlarning tugashi – bir-birlari bilan boshqa sira yuz 
ko`rishmaslik bilan bog’liq qaror chiqarishdan boshlanadi. Ayrimlar sherigining 
aybdor emasligini bilib tursa-da, munosabatlarni tugatgisi kelaveradi, ayrimlar esa 
bir-biridan ko`ngilsiz bo`lib qolgan bo`lsalarda, birgada yashayveradi. Bundaylar 
o`zaro muomalani keskin kamaytirib, deyarli gaplashmay ham yashayveradi, 
bunday arazlashlar ko`pincha u yoki bu tomonning depressiv holatini, 
asabbuzarlikni keltirib chiqaradi. CHunki odatda bunday holatda qolgan shaxs 
boshqa sevgilisi yo`qligidan yoki yangi tanishlar ham shunday aldab ketishidan, 
bolasi taqdirini ijobiy xal qila olmasligidan juda qayg’uradi va hatto kasalga ham 
chalinib qoladi. 
Er va xotin o`rtasidagi romantik munosabatlar yoki ishq-muhabbat aslida bir 
insonning boshqasi ustidan doimiy hukmronligi, bu hislardan o`z manfaati nuqtai 
nazaridan foydalanishi demakdir. Bunday harakatlarning tipik misoli adabiyotda 
o`z aksini topgan bo`lib, bu – Don Juan obrazidir. U o`z jinsiy mayllarini qondirish 
maqsadida yangidan-yangi qurbonlarni topadi va o`z xohishi yo`lida ularning his-
tuyg’ularini toptab ketaveradi. Yoki go`zal va kelishgan ayol o`z maftunkorligi 
bilan erkaklarni rom etish yo`li bilan ularning xislarini jilovlab olishi mumkin. 
Ya’ni, SHostrom degan olimning fikricha, har qanday ishq-muhabbatda ana 
shunday manipulyativ holatlar mavjud bo`ladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling