F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Mashg’ullik yoki rom bo`lib qolish


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

2. Mashg’ullik yoki rom bo`lib qolish. Bu bosqichda tanishib ulgurgan 
yoshlar davomli uchrashuvlar natijasida bir-birlaridagi ijobiy sifatlarni anglab, bir-
birlariga ko`nika boshlaydi. Faqat e’tibor ijobiy, yaxshi sifatlarga qaratilgani bois 
sheriklar adashishlari ham mumkin, qolaversa, yangi tanishlar o`zlarini biroz 
sun’iy tutib, asl qiyofalarini ataylab niqoblashga ham uringanliklari uchun mabodo 
salbiy sifatlar ham namoyon bo`lib qolgan taqdirda ayrimlar ajrashib ketadilar
ayrimlar esa uchrashuvlarni davom ettiraveradilar. 
3. Ko`nikish – munosabatlardagi o`ziga xos yangilikning kamayib borishidir. 
Endi boshida o`zgacha joziba kasb etgan tashqi ko`rinish, xusn, qaddi-qomat 
kabilar odatiydek idrok etilib, hissiyotlar tobora kamayib boradi.
4. Kutish – munosabatlarning muayyan bosqichida xayol-fantaziyadagi ideal 
obraz bilan real, kundalik hayotda tobora namoyon bo`lib borayotgan asl nusxa 
o`rtasida ayrim ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar ko`zga tashlanishi bilan 
boshlanadi. Endi tobora kutishlar tizimida ko`ngil qolish, afsuslanish kabi holatlar 
ham paydo bo`lib, ong sherikdagi ayrim salbiy, yoqimsiz sifatlarni ham idrok qila 
boshlaydi. Bunga ayni shu davr ichida boshqalar bilan tanishish tajribasi ham 
sabab bo`lishi mumkin. Masalan, talaba yigitning boshqa bir shaharga olimpiadaga 
yoki xizmat safariga borishi, u yerda o`zgacha nafosatli bir qiz bilan tanishib 
qolishi unda solishtirish imkoniyatini yaratadi, va qaytib kelgach, uchrashib yurgan 
qizidan ayni o`sha sifatlarni kutadi, lekin topolmasa, undan ranjiy boshlaydi. 
5. Ko`ngil qolishbu shunday bosqichki, unda xayajonli ishq-muhabbat 
hislari o`rnini alam, g’azab, aldanganlikni anglash egallay boshlaydi, sherik 
to`g’risidagi ijobiy obraz salbiy obraz bilan almashib boradi. Ko`pchilik yoshlar 
ayni shu bosqichda bir-birlaridan ajralib qoladilar. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling