F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Onadagi tug’ruqdan keyingi depressiya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Onadagi tug’ruqdan keyingi depressiya – chaqaloq tug’ilgandan keyinoq 
ayrim onalarda paydo bo`ladigan ruhiy holat. Bu o`ziga xos xastalik bo`lib, uning 
oldini olish uchun ko`p harakatlar qilinmoqda, chunki bunda ham psixologik 
omillarning roli katta. Kuzatishlarning ko`rsatishicha, agar oilada er-xotin 
munosabatlari yaxshi bo`lmasa, otaning bolaga e’tibori yetarli bo`lmagan 
vaziyatlarda, onaga amaliy hamda moliyaviy ko`mak berish yo`lga qo`yilmagan 
bo`lsa, shu kabi qiyinchiliklar onada depressiyani hosil qiladi (Rodrigues va 
boshqalar, 2003). 
Onalik deprivatsiyasi. Onalik deprivatsiyasi ochiq (agar ona o`z onalik 
burchini bajarmay, boladan ayrilgan bo`lsa) va yashirin (boladan yashirin voz 
kechish, uni yoqtirmaslik yoki biror sabab tufayli bolaga yaqin kela olmaslik 
holatlarida) bo`lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola taraqqiyoti uchun nihoyatda 
salbiy, xavfli vaziyat yuzaga keladiki, ayrim hollarda bola hattoki, nobud ham 
bo`ladi. Masalan, chaqaloq tug’ilgach, xasta bo`lgani uchun uning uzoq vaqt 
mobaynida kasalxonada qolishi ham onalik deprevatsiyasiga sabab bo`ladi. Bu 
orada unda onalik mehri uyg’onmaydi, u yangi chaqaloqqa befarq bo`lib qoladi. 
Buning oqibatlari qanchalik og’ir bo`lishi onaning yoshiga va ayriliqning 
muddatiga bog’liq. Agar shunga o`xshash holatni boshidan kechigan ona juda yosh 
bo`lsa, unda bolaning psixik taraqqiyotida jiddiy asoratlar qoladi, u o`z xulq-
atvorini nazorat qila olmaydigan, jizzaki, odamovi, jinoyatga, hattoki, o`z joniga 
qasd qilishga ham moyilligi yuqori bo`lib voyaga yetadi. 
Ona bolaning yonida bo`la turib, undan yashirin tarzda voz kechgan holatda 
ham bolada nevrotik xususiyatlar rivojlanadi, ayniqsa, bola shaxslararo 
munosabatlarda no`noq, urushqoq bo`lib, qarorlar qabul qilishda qiynaladi, 
ijtimoiylashuv jarayoni nihoyatda murakkab kechadi. Ko`rib turganimizdek
onaning bolaga psixologik yaqinligi uning istiqbolini, shakllanajak ijobiy 


117 
fazilatlari, jamiyatdagi o`rni va nufuzini belgilovchi muhim omildir. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling