F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Otalik psixologiyasi onalik psixologiyasiga nisbatan kam o`rganilgan soha. 
Otalar xulqini o`rganish shuni ko`rsatdiki, ular ham g’amxo`rlik va samimiylik 
jihatidan ayollardan kam emas, kerak bo`lsa, ulardan ham mehribon bo`lishlari 
mumkin. Dastlab ota ham, ona ham bolaga nisbatan bir xil mehribonlik timsolida 
namoyon bo`lgani uchun, ular o`rtasidagi farqni chaqaloq deyarli his etmaydi. Bir 
yoshga to`lgach, bola otasini alohida mustaqil shaxs sifatida idrok eta boshlaydi
o`zaro munosabatlar triada shakliga o`tadi. Otasi va onasining o`zaro 
munosabatlarini kuzatib, bola tobora ayrim alohida olingan mustaqil, distantsion 
munosabatlarning ma’nosini tushuna boradi. 
Godfruaning olgan natijalariga ko`ra, bir yoshlik bola otasi bilan bo`ladigan 
o`zaro munosabatlarni qadrlaydigan, xohlaydigan bo`lib boradi. Onaning 
munosabatlaridan farqli, ota bolasining jinsiga qarab o`ziga xos munosabatni 
o`rnata oladi; o`g’il bolaga erkaklarcha, qiz bolaga boshqacha. SHu tariqa bolaning 
o`z jinsini anglashi, gender tafovutlar to`g’risida tasavvurlar shakllanadi. Umuman, 
oilada otaning bo`lishi bolaning ijtimoiy ko`nikmalari shakllanishida katta 
ahamiyat kasb etadi. Buni bizning kuzatishlarimiz ham tasdiqlagan. Otaning mehri 
qiz bola uchun ham shu qadar muhimki, u ota-ona munosabatlarini hayoti 
mobaynida kuzatib borib, kelajakda o`z turmush o`trog’iga qanday munosabatda 
bo`lish lozim, degan savolga javob topadi. Ona xulqiga qarab esa, turmush o`rtog’i 
bilan baxtiyor yashash uchun ayol qanday bo`lishi kerak, degan savolning mag’zini 
chaqadi. SHuning uchun ham qiz bola uchun ham, o`g’il bola uchun ham oilaning 
butligi, ota-ona munosabatlarining iliq, samimiy, gumanistik bo`lishi katta hayotiy 
ahamiyat kasb etadi. 
7.5. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari 
ila, undagi shaxslararo munosabatlar, er-xotin va ota-ona hamda bolalar 
munosabatlari ko`plab tadqiqotlarning ob’ekti va predmeti bo`lgan. Bu 
borada O`zbekiston olimlarining ishlari ham diqqatga molik. Lekin bu haqda 
mahalliy matbuotda, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan chop 



118 
etilgan qator risola va qo`llanmalarda batafsil bayon etilganligi sababli, bu borada 
jahon adabiyotida keltirilgan ilmiy izlanishlarning qonuniyatlarini bayon etishga 
qaror qildik. 
Xususan, ota-onalik ustanovkalari va ularning farzand tarbiyalash uslublari 
muammosi rossiyalik qator izlanuvchilarning asarlarida qayd etilgan (A.E. Lichko, 
1979; A.A. Bodalev, A.A. Stolin, 1989; E.G. Eydemiller, V.V. Yustitskiy, 1999). 
Ota-onalikning eng muhim sifatlariga avvalo – protektsiya yoki farzandlarini 
tarbiyalash uchun sarflanadigan kuch, vaqt va e’tiborning mezoni, bolaning turli 
ehtiyojlarini qondirish darajasi, intizomga chaqirish bilan bog’liq talablar darajasi, 
ta’qiqlovlar yoki bolaning xulqini jilovlash uchun ishlatiladigan sanktsiyalar tizimi 
kiradi. 
7.4-jadval 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling