F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
оила психологияси китоб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patriarxal monogam oila
Yangi davr oilasi:
tipologiyasi, tur-lari, xususiyatlari Oilani turlarga bo`lganda, turli olimlar turlicha yondashadilar. Masalan, Sank-Piterburg- lik olim S.I. Golod (1998) faqat er va xotin hamda ularning farzandlaridan iborat 15 oilalarni tasavvur etgan holda ularning oila davrasidagi ijtimoiy nufuzlari va rollari nuqtai nazaridan oilani toifalarga bo`lib o`rganishni taklif etadi. Xususan, u monogam oiladagi munosabatlarni oilaviy tabaqalar nuqtai nazaridan farqlashni taklif etgan. Undan tashqari, Golod o`z kitobida oxirgi yillarda Rossiyada keng tarqab borayotgan o`ziga xos tabaqali oilalarga ham ilmiy jamoatchilikning diqqatini qaratadi. Patriarxal monogam oila – bu o`z mohiyatiga ko`ra oiladagi erkak kishining nufuzi, yetakchilik roli, xotinning unga, farzandlarning ota-onaga tobeligini nazarda tutadi. Bundany oilada o`g’il bolalar otaning oilasini sira tark etmaydi, aksincha, uylangan taqdirda ham turmush o`rtog’ini shu xonadonga olib keladi, qizlar esa kimga turmushga chiqsa, uning familiyasiga o`tib, o`z ota-onasining uyini tark etadi. Bunday oilada urug’ning atalashi (familiya), shajara va mulkka egalik otaning yo`lidan amalga oshiriladi, oilaviy rollar esa erkaklarniki yoki xotinlarniki tarzida aniq tafovutlanadi. Erkaklar oilaning moddiy boyliklari, resurslari, ta’minoti bilan shug’ullansalar, ayollar asosan uy ishlari bilan band bo`ladilar. Oilaning ijtimoiy nufuzi, obro`si otaning, erning, o`g’ilning iqtisodiy maqomidan kelib chiqadi, ayolniki esa – farzandlar soni bilan belgilanib, uning professional maqomi ko`p hollarda oilaning, turmush o`rtog’ining ijtimoiy maqomiga salbiy ta’sir ko`rsatadi, farxzandlar ko`z o`ngida otaning avtoriterti pastlaganday bo`ladi, ayrim holatlarda erning oila ta’minotaidagi ulushi tushib ketishi ham ayolning oila moddiy ta’minotiga bevosita aralashishiga sabab bo`ladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling