F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Yangi davr oilasi: 
tipologiyasi, tur-lari, 
xususiyatlari
 
Oilani turlarga bo`lganda, turli olimlar turlicha 
yondashadilar. Masalan, Sank-Piterburg-
 
lik olim S.I. Golod (1998) faqat er va xotin hamda ularning farzandlaridan iborat 


15 
oilalarni tasavvur etgan holda ularning oila davrasidagi ijtimoiy nufuzlari va rollari 
nuqtai nazaridan oilani toifalarga bo`lib o`rganishni taklif etadi. Xususan, u 
monogam oiladagi munosabatlarni oilaviy tabaqalar nuqtai nazaridan farqlashni 
taklif etgan. Undan tashqari, Golod o`z kitobida oxirgi yillarda Rossiyada keng 
tarqab borayotgan o`ziga xos tabaqali oilalarga ham ilmiy jamoatchilikning 
diqqatini qaratadi. 
Patriarxal monogam oila – bu o`z mohiyatiga ko`ra oiladagi erkak kishining 
nufuzi, yetakchilik roli, xotinning unga, farzandlarning ota-onaga tobeligini 
nazarda tutadi. Bundany oilada o`g’il bolalar otaning oilasini sira tark etmaydi
aksincha, uylangan taqdirda ham turmush o`rtog’ini shu xonadonga olib keladi, 
qizlar esa kimga turmushga chiqsa, uning familiyasiga o`tib, o`z ota-onasining 
uyini tark etadi. Bunday oilada urug’ning atalashi (familiya), shajara va mulkka 
egalik otaning yo`lidan amalga oshiriladi, oilaviy rollar esa erkaklarniki yoki 
xotinlarniki tarzida aniq tafovutlanadi. Erkaklar oilaning moddiy boyliklari, 
resurslari, ta’minoti bilan shug’ullansalar, ayollar asosan uy ishlari bilan band 
bo`ladilar. 
Oilaning ijtimoiy nufuzi, obro`si otaning, erning, o`g’ilning iqtisodiy 
maqomidan kelib chiqadi, ayolniki esa – farzandlar soni bilan belgilanib, uning 
professional maqomi ko`p hollarda oilaning, turmush o`rtog’ining ijtimoiy 
maqomiga salbiy ta’sir ko`rsatadi, farxzandlar ko`z o`ngida otaning avtoriterti 
pastlaganday bo`ladi, ayrim holatlarda erning oila ta’minotaidagi ulushi tushib 
ketishi ham ayolning oila moddiy ta’minotiga bevosita aralashishiga sabab bo`ladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling