F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Beva bo`lib qolish, yoki turmush o`rtog’ining vafoti munosabati


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

Beva bo`lib qolish, yoki turmush o`rtog’ining vafoti munosabati bilan 
noto`liq bo`lgan oila ham ko`proq onaning farzandi bilan yolg’iz qolishidir. 


18 
Bunday oilalardagi ma’naviy muhit ajrim tufayli paydo bo`lgan noto`liq 
oilanikidan farq qiladi. O`zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan 
farzandlarida yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga intiladi. Bunday o`ziga 
xoslik qator tadqiqotlarda alohida qayd etilgan (G. Yadgarova, 2003). 
Nikohdan tashqari oila 90-chi yillarda ko`paygan oila turi, unda asosan 
yolg’iz qolgan ayol-ona oilani tebratadi. Bunday oilalar o`sha davrda Rossiyada 
20-21 foizni, Buyuk Britaniyada va Frantsiyada – 32-35 foizni tashkil etgan bo`lib, 
ko`proq yoshgina bo`la turib ona bo`lganlar (15-19 yoshlilar) yoki aksincha, 
reproduktiv yoshdan o`tib qolganlar – 40-44 yoshlilar tashkil etadi. Bu o`rinda 
ikkala holatda xotin-qizlarning nikohga kirmasdan tug’ish motivlari turlicha 
bo`ladi. 
Rossiyada ota-onalardan bittasigina bo`lgan oilalarda 1989 yilda 4,5 mln. bola 
yashagan bo`lsa, bu ko`rsatgich 1994 yilda 5 millonga yetdi (A.G.Volkov, 
Ye.L.Soroko, 1999). O`zbekiston sharoitida bu kabi holatlar favqulotda holatlar 
sifatida qaraladi, chunki ayrim udumlar va milliy qadriyatlarimiz farzandning 
nikohdan tashqari paydo bo`lishini qoralaydi, SHunday bo`lsa-da, turli sabablar va 
otag’onalarning vaziyatlar qurboni bo`lishi natijasida mamlkataimizda otalikni 
belgilash holatlari ortib bormoqdaki, unda ham ko`pincha rasman oila nikohsiz 
oiladay tasavvur etiladi. SHa’riy nikoh o`qilgani bilan rasmiy ravishda nikohning 
o`z vaqtida qayd etilmasligi mentalitetimizga zid bo`lgan shu toifa oilaalrning 
rasmiylashtirilib qolishiga sabab bo`lmoqda. 
Alьternativ oila turlari – kam uchraydigan oila turlari bo`lib, ular ayrim 
jihatlari bilan boshqalardan farqlanib turadi va o`z navbatida toifalarga bo`linadi. 
Masalan, ulardan biri – fuqarolik nikohi deb atalib, unda erkak va ayol o`z 
ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd emay, yashayveradi. Ba’zan bunday qarorga 
ular kutilmagan homiladorlik paydo bo`lganda ham kelishlari mumkin. Bunday 
nikoh bizning sharoitimizga, musulmonchilikka sira ham to`g’ri kelmaydi. 
Alternativ nkiohlar ko`proq g’arb mamlakatlariga xosdir. Lekin Golodning 
ta’kidlashicha, hozirda Rossiyada mavjud oilalarning 7% shunday nikoh asosida 
tashkil topgan. Oilaning muqaddasligini tinimsiz targ’ib etishimiz azaliy 


19 
qadriyatlarni ardoqlab kelayotgan yurtimizda bunday salbiy holatlarning 
bo`lmasligiga xizmat qiladi. 
Alьternativ nikohning yana bir ko`rinishi qayta nikohlardir. Odatda bunday 
nikoh turi beva yoki tul qolgan shaxslarda uchraydi. Aslida ham birinchi qayta 
nikohlar XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan. Hozirda esa bunday nikohlar 
odatda beva qolganlar yoki ajrashib ketganlar o`rtasida qayd etilishi mumkin. 
Bunday oila turi ham ajrimlar ko`payishiga mos tarzda ortib bormoqda. 
Aralash oilalar yoki begona ota-onalar bilan yashaydiganlar oilasi. Bu – 
yetimlarni boqib olish hisobiga paydo bo`ladigan, otalikka olish, o`gay ota yoki 
ona bilan yashaydiganlar oilasidir. Ming afsuski, turli hayotiy vaziyatlar tufayli 
shunday oila ham bor, ular nisbatan ko`p bo`lmasa-da, O`zbekistonda ham mavjud. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling