F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdf


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/91
Sana11.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1766288
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91
Bog'liq
оила психологияси китоб

7.3. Perinatal psixologiya 
sixologiya fanida ishlatiladigan “perinatal” tushunchasi bilan tibbiyotda 
ishlatiladigan tushuncha o`rtasida muayyan farq bor. Tibbiyotda perinatal 
davr o`z ichiga homilaning ona qornidagi 28 haftalik taraqqiyot davri bilan bola 



111 
tug’ilgandan keyingi 7-10 kunlik davr oralig’ini nazarda tutadi. Perinatal 
psixologiyada esa homila paydo bo`lgan davrdan toki chaqaloqning ona bilan 
birgalikda, emotsional bog’liqlikda kechadigan yaxlit davrigacha bo`lgan vaqt 
nazarda tutiladi. Psixologiya uchun bolaning er va xotin qo`shilishi natijasida 
qanday konstruktiv yoki destruktiv motivlar asosida paydo bo`lishi ham 
ahamiyatlidir. Ayniqsa, ayolning homiladorlik davridagi his-kechinmalari
bolaning qanchalik kutishi kabi psixologik omillar keyinchalik u bilan amalga 
oshiriladigan psixoterapevtik ishlarda amaliy ahamiyat kasb etadi. I.V. Dobryakov 
(2003) homilador ayollarning shu davr mobaynidagi psixologik kechinmalarining 
shakllarini shunday tafovutlaydi: 
optimal tip; 
gipogestagnozik tip, ya’ni, turli sabablarga ko`ra, homilador ayol va uni o`rab 
turganlarning uning holatiga e’tibori kamligi ko`rinishida (masalan, talaba 
bo`lgan homilador ayol o`qishi tashvishlari bilan homilasiga yetarli vaqt 
ajratib e’tibor berolmaydi)
eyforik tip, ya’ni homilador ayolning yangi holatidan o`ta lazzatlanishi, butun 
vujudi bilan “maza” qilishi holati
xavotirli tip; 
depressiv tip. 
Ayolning homiladorlik davrini qanday boshidan kechirishi uning ona 
bo`lganidan keyingi xulq-atvorini belgilaydi. Tug’ish bilan bog’liq tashvishlar 
psixoanalitik yo`l bilan O.Rank va S.Grofflar tomonidan batafsil o`rganilgan. 
Tug’ruqdan keyingi davr esa yana psixologik jihatdan alohida davr bo`lib, u ikkala 
tomonning farzand tug’ilishiga bo`lgan hissiy munosabati xarakteridan kelib 
chiqadi. 
SHuni alohida ta’kidlash joizki, O`zbekistonda onalik va bolalik davlat 
tomonidan muhofaza qilinadi va qadrlanadi. Lekin masalaning muhim jihati 
shundaki, nikohga kirishning eng dolzarb motivi farzand ko`rish bo`lgani sababli, 
aksariyat oilalarda ayolning petenatal davrida unga alohida mehr ko`rsatish, 
g’amxo`rlik qilish ham milliy an’analarimizga aylangan. 


112 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling