Fakultet: " " kafedra: " "


Download 186.37 Kb.
bet9/22
Sana16.06.2023
Hajmi186.37 Kb.
#1503057
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Abdumajidov Hasan

Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada, bugungi kunda ham keng ko’lamda iste’molda foydalanib kelinmoqda. Uning asosiy mazmuni o’quv ishlarini tashkil etishning o’ziga xos shakli sifatida quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo’lgan ta’lim oluvchilar (o’quvchilar) sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda o’qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoladi;

  • sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jadvali bo’yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo’ladi;

  • mashg’ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;

  • dars odatda bir fan yoki mavzuga bag’ishlangan bo’ladi, shu bois ta’lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;

  • darsda ta’lim oluvchilarning ishiga (faoliyatiga) ta’lim beruvchi rahbarlik qiladi, u o’z fani bo’yicha o’qish natijalarini, har bir ta’lim oluvchini alohida bilimini baholaydi. O’quv yili ohirida pedagogik jamoa, ya’ni ta’lim beruvchilar xulosalari bo’yicha ta’lim oluvchini keyingi sinfga o’tishi haqida qaror qabul qilindi.

Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantirildi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi (tuzilishi) va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi.
K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog’langan quyidagi uchta qismini ajratib ko’rsatdi:

  1. Ilgari o’rganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni amalga oshirish va ta’lim oluvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadli ko’rsatmani yaratishga qaratilgan qism. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go’yoki “eshik” hisoblanadi.

  2. Asosiy masalani hal etishga yo’naltirilgan qism. Bu qism darsning muhim markaziy qismi hisoblanadi.

  3. Amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratilgan qism. Bu qism darsning xulosalash va umumlashtirish qismi bo’lib, hisoblanadi.

Darsni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga A.Disterverg ham katta hissa qo’shdi. U ta’lim beruvchi va ta’lim

oluvchilarning faoliyatiga taalluqli o’qitish tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi hamda ta’lim oluvchilarning yoshi imkoniyatlarini hisobga olishni zarurligini asoslab beradi.
Alohida o’quv fanlarini o’qitish metodikasi va didaktikasiga oid asarlarda ta’limning sinf-dars tizimining afzalliklari va kamchiliklari ko’rsatilib beriladi. Quyida ular to’g’risida to’htalamiz.

  1. Download 186.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling