Fakultet: " " kafedra: " "


Download 186.37 Kb.
bet1/22
Sana16.06.2023
Hajmi186.37 Kb.
#1503057
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Abdumajidov Hasan



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INAVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FAKULTET: “___________________________________”
KAFEDRA: “___________________________________”


MUSTAQIL ISH


MAVZU: ________________________________________________________


Bajardi: ____________________


Tekshirdi: __________________
Toshkent 2023

Reja:



    1. Ta’lim turlari

    2. Ta’limni tashkil etish shakllari: asosiy va yordamchi shakllar

    3. Ta’lim metodlari tasnifi va mohiyati




  1. Ta’lim turlari.


Didaktik g’oyalar jamiyat taraqqiyoti jarayonida yangi g’oyalar bilan boyib, takomillashib boraveradi va ular o’ziga xos tizimlar ko’rinishida shakllanadi. Shu sababli ham ta’lim turlari o’quv jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvlar asosida shakllantiriladi.
Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir:

  • arhaik (ibtidoiy);

  • qadimgi (Shumer, Misr, Hitoyda Eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);

  • avestit (Baqtriya, Sug’diyona, Horazmda-Eramizdan avvalgi VII-VI asrlar);

  • yunon (Ellins, rim-yunon, rim-eramizdan avvalgi V-I asrlar);

  • o’rta asr (dogmatik, sholastik V-XVI asrlar);

  • yangi (tushuntirish, tushuntirish-ko’rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o’qitish, muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion, INTERNETning Xalqaro tarmog’idan foydalanib o’qitish va shu kabilar);

  • xorijiy (tushuntirish, tushuntirish–ko’rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o’qitish, muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion, INTERNETning Xalqaro tarmog’idan foydalanib o’qish va shu kabilar).

“Avesto” g’oyalariga ko’ra shakllangan pedagogik tizim eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik dini yuzaga kela boshlaganida tashkil topdi. “Avesto” zardushtiylikning muqaddas manbai bo’lib, u o’z davrining qomusiy asari hisoblangan. Uning g’oyalariga binoan yoshlarni o’qitish va tarbiyalash quyidagi tamoyillarga asoslangan:

  • jismoniy jihatdan tarbiyalash;

  • yoshlarni o’qish va yozishga o’rgatish orqali ularning savodxonligini shakllantirish.

“Avesto” g’oyalari bo’yicha yer, quyosh, suv, olov muqaddas deb e’tirof etilganligi sababli yoshlarni tarbiyalashda Ona yerga, atrof- muhit, tabiatga muhabbat hissini uyg’otish muhim yo’nalish hisoblangan. Shuningdek, unga barkamol Shaxs obraziga qo’yilgan talablar haqida aniq tasavvurlar ifoda etilgan.
Muntazam o’qitishning ilk turi qadimgi yunon faylasufi Suqrot (eramizdan avvalgi 469-399 er. avv. yillar) va ularning o’quvchilari tomonidan keng qo’llanilgan yordamchi savollarga javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod fanda suqrotcha suhbat metodi nomini olgan. Bu metodning mazmun-mohiyati quyidagicha bo’ladi, ya’ni bunda eng avval o’qituvchi o’z o’quvchisida qiziqish yo’nalishini va bilishga intilishini uyg’otadigan savollardan foydalanilgan; keyin esa mulohaza yuritish asosida o’quvchini voqea- hodisalarning mohiyatini idrok etishga undagan. Demak, suqrotcha suhbat metodida qiziqishdan bilishga, bilishdan idrok etishga qarab induktiv metod asosidagi faoliyat dinamikasi shakllantirilgan. Mazkur jarayonda o’qituvchining mulohazasi ko’pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to’ldirib turilgan. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha o’quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.

Download 186.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling