Fakultet: " " kafedra: " "


Download 186.37 Kb.
bet14/22
Sana16.06.2023
Hajmi186.37 Kb.
#1503057
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Abdumajidov Hasan

Fakultativ mashg’ulotlar - bu ta’lim oluvchining qiziqish va xohishlariga ko’ra muayyan fan, predmet yuzasidan beriladigan ilmiy- nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, ularda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim shaklidir. Fakultativ mashg’ulotlar ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashini oshirishga va ijtimoiy faoliyatini faollashtirishga, aqliy qobiliyatlarini takomillashtirishga xizmat qiladigan maxsus dastur asosida o’tkaziladi.
Fakultativ mashg’ulotlarda qo’yiladigan ma’ruzalar amaliy mashg’ulotlar bilan uyg’unlashib ketadi. Bunda ta’lim oluvchilar adabiyotlar bilan ishlash malakasini, mustaqil faoliyat yuritish ko’nikmalarini egallaydilar, murkkab bo’lmagan tajribalar va tadqiqotlar o’tkazish metodikazini o’zlashtiradilar, tajriba qurilmalari va texnikani ishlatish malakasini hosil qiladilar. Fakultativ mashg’ulotlar majburiy fanlar yuzasidan bo’ladigan mashg’ulotlar bilan mustahkam aloqadorlik tashkil etilishi kerak.
Seminar mashg’ulotlari. Ijtimoiy-gumanitar yo’nalishidagi predmetlar bo’yicha seminar mashg’ulotlarini tashkil qilish keng qo’llaniladi. Seminar mashg’ulotlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasidan keng va chuqur ma’lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda Shu asosda kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko’nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir.
Seminar mashg’ulotlari ta’lim beruvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash hamda uni dars mashg’ulotidagi ta’lim oluvchilar bilan muhokama qilish yo’li bilan olib boriladi.
Ta’lim oluvchilar berilgan reja, dastur va tavsiyalar asosida seminar mashg’ulotlariga oldindan tayyorlanadi. Unda ta’lim oluvchilar mos adabiyotlarni o’rganadilar, material yig’adilar, turli kuzatishlar o’tkazadilar, o’z axborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar. Seminar mashg’uloti ta’lim beruvchi rahbarligida o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi ta’lim oluvchilar faoliyatini mashg’ulot maqsadiga yo’naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan muhokamani xulosalaydi. Zarur qo’shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Seminar darsida faol qatnashgan ta’lim oluvchilar baholanib boriladi.
Seminar mashg’uloti ta’lim oluvchilar e’tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga va fikrlashga o’rgatish, darsni faollashtirish hamda ta’lim oluvchilar aqliy qobiliyatlarini o’stirishda muhim o’rin tutadi.

Download 186.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling