Fakultet: " " kafedra: " "
-shakl. Aralash dars turining tarkibiy-tashkiliy tuzilishi
Download 186.37 Kb.
|
Abdumajidov Hasan
1-shakl. Aralash dars turining tarkibiy-tashkiliy tuzilishi.Umumlashtiruvchi dars-bu o’quv dasturining ma’lum bir qismi (bob, bo’lim yoki ayrim mavzu) o’tib bo’lganidan keyin o’tiladigan dars mashg’uloti. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida ba’zi o’quv materiallarining ma’lum qismi yoki yirik mavzuni boshlashdan avval kirish dars ham olib boriladi. Bunday darslar, odatda, ijtimoiy fanlar bo’yicha o’tkaziladi. Hozirda ta’limni tashkil etish tizimida yakka tartibda ta’lim olish o’ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Yakka tartibdagi mashg’ulotlarda ta’lim oluvchining qiziqishi, ehtiyoji, xohishiga, imkoniyatiga ko’ra muayyan fan, predmet yuzasidan chuqur bilim berish, ma’lum fan, yoki predmet bo’yicha yuzaga kelgan o’zlashtirmovchilik holatini bartaraf etish, shuningdek, uzoq vaqt sog’liqli saqlash muassasalarida davolangan yoki tibbiyot xodimlari nazoratida bo’lgan ta’lim oluvchilarning o’quv dasturi talablarini bajarishiga ko’maklashish maqsadida tashkil etiladi. Hozirda yakka tartibda ta’lim olishning asosiy ko’rinishlaridan biri sifatida repititorlik ta’limi keng tarqalmoqda. Ma’ruza. Bugungi kunda zamonaviy o’quv muassasalari faoliyatida o’qitish shakllaridan biri bo’lish ma’ruzadan foydalanish keng tarqalgan. Ma’ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko’p mehnat talab qiladigan faoliyatdir. Ma’ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahoratga ega bo’lgan ta’lim beruvchining intellektual salohiyati asosida tashkil etiladi. Ma’ruzada faqat fan, o’quv predmeti asoslari borasidagi ma’lumotlarni bermasdan, ta’lim oluvchilarni ijtimoiy-g’oyaviy jihatdan tarbiyalab borish ham talab etiladi. Ma’ruzadan ko’zlangan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarning musatqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirish hamda dunyoqarashini yuksaltirishdan iborat. Maktab amaliyotida ma’ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda: ma’ruza-hikoya; ma’ruza-suhbat; ma’ruza-munozara; ommaviy ma’ruza. Ma’ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma’ruza- o’qituvchi tomonidan ma’ruza mavzusi yuzasidan reja va ma’ruza matni tayyorlanadi. Umumiy qoidaga binoan ma’ruza bir dars davomida oxiriga etmay qolsa, u yangi mashg’ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bo’yicha ma’ruza materiallari tushuntirib bo’lingan, ta’lim oluvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Shuningdek, har bir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bo’lgan adabiyotlar ro’yxati taqdim etiladi. Download 186.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling