Fakultet: " " kafedra: " "


Download 186.37 Kb.
bet15/22
Sana16.06.2023
Hajmi186.37 Kb.
#1503057
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Abdumajidov Hasan

Ekskursiyalar. Noan’anaviy dars shakllaridan biri hisoblangan ekskursiyalar sinf-dars tizimi, shuningdek, amaliy mashg’ulotlardan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • ta’lim oluvchi rejalashtirilgan va o’tkaziladigan barcha ekskursiyalarga rahbarlik qilsa ham, u ekskursiya ob’ektlarining barcha detallarini yaxshi bilmasligi mumkin, bunday hollarda maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan ekskursovod ish olib boradi;

  • ekskursiya muddati turlicha bo’lib, unda doimiy o’quv jadvali talablariga amal qilish mas’uliyati mavjud;

  • ta’lim beruvchi yoki ekskursovodning rahbarlik usuli va ta’lim oluvchilar faoliyati turlicha bo’lishi mumkin.

Ekskursiyalar quyidagidek to’rt yo’nalishda uyushtiriladi (2 - shakl).
Ekskursiya davomida ta’lim oluvchilardan intizomga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Ta’lim oluvchilar ob’ektni kuzatish jarayonida vaqti-vaqti bilan savollar beradilar, zarur ma’lumotlarni yozib boradilar. Ekskursiya davomida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning bugungi kuzatganlarini avval o’zlashtirilgan materiallarga bog’lab suhbat o’tkazadi. Ekskursiya materiallari asosida ta’lim oluvchi hisobot, bayon yoki insho yozadi.
Ta’limnining noan’anaviy shakli siaftida tashkil etiladigan bahs- munozara, davra-suhbati, matbuot konferentsiyasi, telekonferentsiyalar muayyan predmet (yo’nalish) ning muhim mavzulari yuzasidan tashkil etilib, ular ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, o’z fikrini ilgari surish, uni asoslash hamda himoya qilish qobiliyatini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bu kabi darslarning tashkil etilishida maqsadning aniqligi, shuningdek, ta’lim oluvchining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.
Viktorina, mo’jizalar maydoni, zakovat va shu kabi shaklda o’tkazilayotgan darslar bellashuv xususiyatiga ega bo’lib, ular ta’lim oluvchilarni faollikka undaydi.
Yuqoridagi bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslanib quyidagi xulosani keltirish mumkin:

  • ta’limning shakli muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatning tashqi ifodasi bo’lib, ta’lim jarayonida yetakchi o’rin tutadi;

  • ta’lim jarayonini samarasini ta’minlash uchun ta’lim metodlaridan o’rinli va unumli foydalanishga bog’liq;

  • ta’lim metodi ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usullari hisoblanadi;

  • ta’lim vositalari ta’lim metodlarining ta’limiy ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.




  1. Download 186.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling