Fakultet: " " kafedra: " "
O’zaro ta’sir ta’lim metodlarini tasnif etish mezoni
Download 186.37 Kb.
|
Abdumajidov Hasan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim metodlari tasnifi.
O’zaro ta’sir ta’lim metodlarini tasnif etish mezoni. O’zaro ta’sir integrativ didaktik hodisa bo’lib, bir tomondan, didktikaning tadqiqot predmeti, ikkinchi tomondan esa, ta’lim metodalarini tasnif etish mezoni sanaladi. U insonning boshqa shirkat faoliyatlari, masalan, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya jarayonlarida ishtirok etish, ilmiy kashfiyotlar qilishga o’xshab o’z maqsadi, vositasi, natijasiga ega. O’zaro ta’sirning ma’lum bosqichida erishilgan maqsad keyingi bosqichda vosita sifatida amal qiladi. Binobarin, ta’limning borishida erishilgan maqsad natijaga, natija esa o’z navbatida keyingi maqsadlarini amalga oshirish vositasiga aylanadi. O’zaro ta’sir o’qitish usullarining va o’qish usullarining bir– biriga qo’shiluvi, muvoffiqlashuvi oqibati-hosila faoliyat shaklida
amal qiladi. Uning bosqichma-bosqich harakati tashkiliy-boshqaruv, undash-rag’batlantiruv, nazorat-tekshiruvni taqazo etadi. Binobarin, o’zaro ta’sirni ma’lum vositalar bilan harakatga tushirish, tartibga solish mumkin. O’zaro ta’sirni o’qitish usullari va o’qish usullarining o’zaro tutashuvidan-ularning o’zaro qo’sxilgan joyidan izlash yo’li bilan ta’lim metodlarini yaxlit tizim sifatida tavsiflash mumkin. Ta’lim me’todlarini o’zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib tasnif etganda quyidagilarga erishiladi: ta’lim metodlarining yaxlit tizimi yaratiladi; ta’lim metodlarini tasnif etish uchun integrativ birlik ajratiladi; ta’lim metodlarining o’qitish va o’qish usullari tutashuvidan shakllanishi e’tirof etiladi, ta’lim metodlari muammosiga kompleks yondoshiladi; ta’lim metodlariga mazmuniy va jarayoniy tasnif beriladi. Ta’lim metodlari tasnifi. O’qitish usullari va uqish usullarining bir-biriga muvoffiqlashuvi ta’limning ijtimoiy institutning alohida turi-o’qitish va o’qish faoliyatlarining o’zaro ta’siri shaklida amal qilishini ta’minlaydi. O’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib ta’lim metodlarini ikki guruhga ajratamiz: o’zaro ta’sirni tashkil etish va boshqarish metodlari, o’zaro ta’sir natijasini nazorat etish metodlari. Ta’lim metodlarining har bir guruhida o’qitish va o’qishning o’zaro ta’siri qatnashadi. O’zaro ta’sir ishtirok etmaydigan metod ta’lim metodi sanalmaydi. Masalan, o’quvchi evristik suhbatni tanladi deylik: bolalar uchun tushunarli, ularni qiziqtiradigan savollarni o’rtaga tashlay olish o’qituvchi faoliyatiga bog’liq. O’qituvchi o’zi dars beradigan sinf o’quvchilarining umumiy tayyorgarligini aniq tasavvur etsa, bolalarning real o’qish imkoniyatlarini hisobga olsa, ularning yosh va individual xususiyatlariga tayansa, ana o’shandagina sinf o’quvchilari ta’limda faol ishtirok yetishadi. O’quvchilarning yosh individual, xususiyatlari, real o’qish imkoniyatlariga mos, bolalarni tuzish, fikrlashga jalb etadigan, qiziqishlarni oshiradigan metodlar interfaol metodlar sanaladi. Interfaol metodlar tanlanganda ta’lim sub’ektlarining har ikkalasi ham ta’limda faol qatnashishadi. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga kishini bildirgan so’zlarni alohida, kishidan boshqa predmetlarni bildirgan so’zlarni alohida-alohida yozish vazifasini topshirgan bo’lsin. Bunday o’quv holatida o’quvchilar ona tili va tabiatshunoslikdan o’rganilgan bilimlardan foydalanib topshiriqni bajarishadi. Topshiriqni bajarish jarayonida ta’lim sub’ektlari ham, bilimlar ham faol qatnashadi. O’qituvchi faolligi ukuvchi faolligini va o’z navbatida, o’quvchilar faolligi o’qituvchi faolligini ta’minlaydi. Demak, interfaol ta’lim metodlari faol ta’limga olib keladi. Xulosa Xulosa qilib aytadigan boʻlsak taʼlim tizimini isloh qilish, shakllantirish va rivojlantirish shu bilan birga nafaqat oʻqituvchilar balki talabalar uchun ham qulaydir. Oʻqitish va oʻrganish jarayonini tashkil etishda yaxshi samara beradi. Talabalar uchun yangi imkoniyatlar va gʻoyalar bilan ishlashga yordam berishini aytib oʻtish joizdir. Download 186.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling