Fakultet: " " kafedra: " "
Ta’lim metodlari tasnifiga oid asosiy qarashlar
Download 186.37 Kb.
|
Abdumajidov Hasan
Ta’lim metodlari tasnifiga oid asosiy qarashlar. Didaktikada ta’lim metodlarini tasnif etishga oid turli-tuman qarashlar mavjud: ba’zi mutaxassislar ta’lim metodlarini tasnif etishga bilim manbalarini hisobga olishsa, ayrim mutaxassislar o’qituvchi faoliyati
xususiyatlaridan kelib chiqishadi, uchinchi bir guruh olimlar esa o’quvchilar faoliyatini e’tiborga olishadi. Ta’lim metodlariga bunday qarashlarning ko’p va rang-barang bo’lishi tabiiy. Zero, ta’lim metodlari mazmunan boy hodisa bo’lib, ular ma’lumot mazmuni bilan ham, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati bilan ham, bilim va malakalar bilan ham, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarni, munosabatlarni rivojlantirish bilan ham daxldor kategoriyadir. S.I.Perovskiy, E.YA.Golantlar o’qitish metodlarini tasnif etishda ta’lim manbalarini hisobga olishgan. Ular o’qituvchi nutqi, ko’rgazma qurol, darslik hamda qo’shimcha adabiyotlarni ta’lim manbai sifatida qarab, ta’lim metodlarini uch guruhga ajratishgan: bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari; ko’rgazmali metodlar; amaliy metodlar. Didaktikada ta’lim jarayonining turli bosqichlarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib ta’lim metodlarini tasnif etish g’oyasi ham mavjud. M.A.Danilov, B.P.Esipovlar o’zlarining qator asarlarida ta’lim metodalarini quyidagicha guruhlarga ajratishgan: bilimlarni o’rgatishga oid metodlar; malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodlari; bilim va malakalarni tatbiq etish metodlari; ijodiy ishlash metodlari; bilim va malakalarni mustahkamlash, tekshirish metodlari. M.N.Skatkin, I.Ya.Lernerlar ta’lim metodlarini tasnif etishda o’quvchilar faoliyati xususiyatlarini e’tiborga olishgan va ularni quyidagicha guruhlarga ajratishgan: izohli-ko’rgazmali metodlar; qayta ishlashga oid standart metodlar; muammoli bayon metodi; evristik metod; ilmiy izlanish metodlari. M.I.Maxmutov ta’lim metodlarini tasnif etishda o’qitish usullari bilan o’qish usullarini o’zaro qo’shishni taklif etadi. Uning uqtirishicha, bu usullar-o’qitish usullari va o’qish usullari o’zaro qo’shilib, quyidagi ta’lim metodlarini hosil qiladi: xabar- umumlashtirish tipidagi metodlar: izohli va eslashga oid metodlar; ko’rsatmali-amaliy metodlar; qisman izlanishga oid; izlanish metodlari. Ukraina olimlari V.F.Palamarchuk, V.N.Palamarchuklar ta’lim metodlarini tasnif etishda uch narsani-ta’lim manbalari, bolalarning faollik va mustaqillik darajasi, o’quv bilishining borishidagi mantiqiy yo’lni hisobga olish zarurligini uqtirishadi. Shuningdek, S.G.SHapovalenko ta’lim metodlarini tasnif etishda ularning mantiqiy-mazmuniy, manbaiy, jarayoniy, tashkiliy-boshqaruvchanlik xususiyatlarini hisobga olishni taklif etadi. Didaktikada ta’lim metodlarini tasnif etishda bir paytda ta’lim manbalari va mantiqiylikni (N.M.Verzilin), ta’lim manbalari va o’quvchilarning mustaqillik darajasini (A.N.Aleksyuk, I.D.Zverev) mezon qilib olish moyilligi ham mavjud. Mashhur didakt olim Yu.K.Babanskiyning qator ilmiy-pedagogik asarlarida ta’lim metodlari o’quvchi faoliyati nuqtai nazaridan tasnif etilgan. U ta’lim metodlarini uch guruhga ajratgan: o’quv-biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarish metodlari; o’quv biluv faoliyatini rag’batlantirish metodlari; o’quv biluv faoliyati samaradorligini nazorat etish metodlari. Har xil guruh o’z ichida yana kichikroq guruhlarga ajraladi. Masalan, birinchi guruh metodlari jumlasiga quyidagilar kiradi: og’zaki bayon metodlari; ko’rgazmali metodlar; amaliy metodlar; induktiv va didaktiv metodlar: reproduktiv metodlar: muammoli izlanish metodlari va mustaqil ishlash metodlari. Yuqoridagiga o’xshab rag’batlantirish, nazorat qilish metodlari ham o’z ichida guruhlarga ajralgan. Hozirgi paytda ta’lim metodlariga oid mukammal tizim Yu.K.Babanskiy tasnifidir. Ta’lim metodlarini tasnif etish masalasiga doir qarashlarning ko’pligi, rang-barangligi ularning-ta’lim metodlarining ko’p qirrali didaktik hodisa ekanligi bilan izoxlanadi. Shu bilan birga, bu didaktika sohasiga amal qilayotgan diffirentsiatsiya va integratsiya jarayonlarining natijasidir. endilikda ta’lim metodlari mohiyatini bayon etishga ko’p tomonlama, kompleks yondashish zaruriyati kuchayib bormoqda. Bu inson faoliyatiga yaxlit yondashish metodologiyasi asosida birlashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Download 186.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling