Fakultet: " " kafedra: " "
Download 186.37 Kb.
|
Abdumajidov Hasan
Ma’ruza va seminar mashg’ulotlari (konsultatsiyalar, ekskursiyalar, praktikumlar). Darsda bilimlarning o’zlashtirilishi, malaka va ko’nikmalarning hosil qilinishi murakkab dinamik jarayondir. O’quv materialini o’rganishning turli vazifalari, yo’llari, usullari va vositalari vujudga keladi. Buning natijasida darsning juda ko’p turlari, uning har xil variantlari paydo bo’ladi.
Ayni vaqtda ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari quyidagilardir: Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. O’tilgan materialni mustahkamlash darsi. Ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish darsi; Takroriy-umumlashtiruvchi dars. Aralash dars. Muayyan dars turi asosida olib boriladigan mashg’ulotlarda ikkinchi, uchinchi bir dars turining qismlari bo’lishi mumkin. Misol uchun ta’lim muassasalarida eng qo’llaniladigan dars turlaridan biri yangi bilimlarni bayon qilish darsida quyidagi holatlar amalga oshirilishi mumkin: yangi bilimlarni bayon qilish; yangi bilimlarni mustahkamlash; yangi bilimlar ustida mashq o’tkazish; yangi bilimlarga bog’liq holda uyga vazifalarini topshirish va hakazo. Demak, dars umumiy jarayon davomida bir dars turi asosida tashkil etilmaydi. Shunga qaramay darsning maqsadi ta’lim oluvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo’lsa, butun didaktik usullar ana shunga bo’ysundiriladi. Shu sababli ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi. Muayyan dars turi bilan ish ko’rilayotganda boshqa bir dars turi unsurlarining asosiy dars tuzilishini tashkil qilishi mumkin. Darsning tarkibiy tuzilishi u yoki bu dars turining umumiy holati, uning qismlari mohiyatini anglatadi. Dars jarayonida qo’llanilayotgan har qanday didaktik usul dars tuzilishini ifodalashga har doim ham xizmat qilavermaydi. Didaktik usullar ta’lim metodi bilan baholangandagina dars tuzilishining o’zgarishiga, ta’lim metodlarining o’zgarishi ham dars tuzilishining o’zgarishiga olib keladi. Dars jarayonining muayyan qismida dars shakli hamda metodlarining o’zgarishi darsning yangi bosqichini boshlaganligini anglatadi. Demak, dars tuzilishining biridan ikkinchisiga o’tishi va shu orqali darsning shakl va metodlarining o’zgarishi dars bosqichi deb yuritiladi. Bu borada xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, turi darsning shakl va metodlari hamda ular negizidagi dars tuzilishlariga bevosita bog’liqdir. Quyida aralash dars turining tuzilishi haqidagi ko’rinishni keltiramiz (1 - shakl). Download 186.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling