1-shakl. Ta’limni tashkil etish shakllari.
Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo’yilmoqda:
Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to’g’riligi.
Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.
O’qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan ta’lim oluvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarni tanlash.
Mashg’ulotlarning turli shakllari: jamoa; guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qo’shib olib borish.
Ta’lim beruvchining rahbarlik vazifasi bilan ta’lim oluvchining faol bilish faoliyatini birga olib borish.
Darslarning o’zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo’lishiga erishish.
Ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish.
Darsda ta’lim oluvchilarni o’qitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit yaratish.
Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish.
Darsda ta’lim oluvchilar erkinligini ta’minlash [Hasanboev J., Sariboev H., Niyozov G., Hasanboeva O., Usmonboeva M. Pedagogika. O’quv qo’llanma.-Toshkent: Fan, 2006.-282 b].
Demak, ta’lim oluvchilarni bilim, ko’nikma va malaka bilan qurollantirishda mashg’ulotning asosiy qismini ishg’ol qilgan ta’lim shakli u yoki bu ko’rinishdagi dars turini tashkil etar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |