Fakulteti guruh talabasi ning
Jahonda neft zaxiralarining geografik joylashish diagrammasi
Download 0.61 Mb.
|
Neft va gaz
Jahonda neft zaxiralarining geografik joylashish diagrammasi
O’zbekistonning gaz sanoati 1953-yilda Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hududida joylashgan Setelantepa gaz konini ochilishi bilan boshlangan. 1962-yilda yirik Gazli gaz koni ishga tushirilishi bilan O’ral va sobiq ittifoqning Yevropa qismining sanoat obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun “Buxoro-O’ral” va “O’rta Osiyo -Markaz” kontinental gaz quvurlari barpo qilindi. Bugungi kunda O’zbekiston neft zaxiralari bo’yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o’rinni, gaz zaxiralari bo’yicha MDH da to’rtinchi va jahonda 21-o’rinni egallaydi, gaz qazib chiqarish bo’yicha MDH da ikkinchi o’rinni egallaydi. Qisqa vaqtda amalga oshirilgan maqsadli dasturlar va buning uchun muvofiq investitsiyalarni jalb qilinishi natijasida holat kardinal ravishda o’zgardi. Amalga oshirilgan strukturaviy o’zgarishlar va chet el investitsiyalarini jalb qilinishi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan hayotga qo’yilgan vazifalarni bosqichma-bosqich joriy etilishi asosida neft va gaz sanoati geologik-geofizik tadqiqotlar, chuqur neft va gaz quduqlarini qurish, qazib chiqarish, qayta ishlash va uglevodorodlarni transport qilish bo’yicha yangi ishlab chiqarish quvvatini yaratdi. O’zbekistonning zamonaviy neftgaz sanoati iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridan biri, davlatning muhim energetik bazasidir. Tarmoqda ahamiyatli ilmiy-texnik salohiyat yaratilgan, uning rivojlanishida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishilgan. Yoqilg’i-energetika kompleksining jadal rivojlanishi davlatimiz siyosatining muhim yo’nalishi hisoblanadi. So’ngi 25 yil mobaynida tarmoqning tuzilmasini takomillashtirish, uni texnik jihozlash va qayta jihozlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish (geofizik o’rganish, quduqlarni qurish, konlarni ishlatishni jadallashtirish va neft va gaz qazib chiqarish hajmini kengaytirish hamda uglevodorodlarni qayta ishlash va ularni transport qilish) bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. Respublikamizning mustaqillik kunlaridan boshlab yil sayin uglevodorod xomashyosi qazib chiqarish jadalligi oshib bormoqda. 2010-yilda qazib chiqarish 82,3 mln.tonna shartli yoqilg’ini tashkil etgan, bu 1991-yilda erishilgan darajadan 40% ortiq. Bunga O’zbekistonda keyingi qirq yilda ochilgan yirik gazkondensat va neft konlarini ishga tushirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida erishildi. Bu Respublikaning uglevodorod xom ashyosiga bo’lgan talabini deyarli to’liq qondirishni ta’minlash imkonini beradi. Sanoatni taraqqiy ettirish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur va undagi vazifalarni amalga oshirish 2020-yilda uglevodorodlar qazib chiqarish hajmini 2010-yildagiga nisbatan 1,28 martadan ko’proq ortishiga imkon yaratadi. O’zbekistonning neft va gaz sanoati bugungi kunda sobiq ittifoq davrida oltita vazirlik tomonidan bajarilgan katta kompleks vazifalarni amalga oshirmoqda. Tarmoq amalda “bo’sh joyda moddiy boylik yaratmoqda”. Buning barchasi uzoq jarayon hisoblanadi va bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling