Fakulteti guruh talabasi ning


Respublikada tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash


Download 0.81 Mb.
bet10/16
Sana17.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1208444
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Isloxatlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida o’zbekiston respublikasida sanoatni rivojlantirish istiqbollari

Respublikada tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash.Gaz sanoati-mamlakat yoqilg`i-energetika sanoatining eng rivojlangan va iqtisodiyotda salmoqli tarmog`idir. Uni qazib olish va ishlatish miqdori katta tezlik bilan o`sib bormoqda. Masalan, 1990 yilda mamlakatda 40,7 mlrd. m³ gaz qazib olingan bo`lsa, 1995 yilda 48,6 mlrd. m³, 2004 yilga kelib uning hajmi 60 mlrd. m³ ga yaqinlashdi. Endilikda O`zbekiston gaz zahiralari va qazib chiqarishda dunyoning birinchi 10 mamlakati safiga kiradi. MDH mamlakatlarida esa Rossiya va Turkmanistondan keyin 3-o`rinda turadi. Gaz Respublika yoqilg`i balansining 2/3 qismiga teng.
Mamlakatimizda neft bilan yo`ldosh tarzda uchraydigan tabiiy gazni qazib olish urushdan oldin boshlangan. Neft gazidan sanoat maqsadlarida foydalanish uchun birinchi gazoprovod (15 km.) "Andijonsanoat - Andijon shahri o`rtasida 1944 yilda qurilgan. Biroq, tabiiy gazdan sanoat maqsadlarida foydalanish 1950-1960 yillarda boshlangan. Yilma-yil mamlakat gaz sanoatining geografiyasi kengayib bordi. Dastlab Farg`ona vodiysida, keyinroq Surxondaryoda, 1960 yillarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 1970 yillardan boshlab Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog`iston hududlaridan gazning g`oyat katta zahiralari topildi.Ayniqsa, respublika gaz sanoatining rivojlananishi XX asrning o`rtalarida ochilgan Jarqoq va Gazli konlari katta rol o`ynadi. 1958-1960 yillarda Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent gaz quvuri qurildi. Ushbu gaz magistralining qurilishi bilan respublikamizning mazkur zonadagi sanoat markazlari, shaharlar va ko`pgina qishloqlarni gazlashirish boshlandi. 1962 yilda katta zahiraga ega bo`lgan Gazli koni ishga tushirildi. Mamlakatda gaz sanoati uni qazib olish hajmining o`sishi bilan rivojlanib ketdi. 1960-1970 yillarda O`zbekiston gaz sanoatida keskin o`zgarish yuz berdi. Shu yillar ichida mamlakatda gaz qazib olish 71,79 marta o`sdi (ya`ni 447 mln. kubometrdan 32 mlrd. kubometrga yetdi). Mamlakat gaz sanoati faqatgina yangi gaz konlarini topish va ishga tushirish evaziga rivojlanib bordi. 1971 yilda Ustyurtda Shaxpaxti gaz koni ishga tushirildi. 1970 yildan boshlab respublikadagi (Andijon, Farg`ona, Angren IES laridan tashqari) barcha yirik issiqlik elektr stansiyalari gaz yoqilg`isiga o`tkazildi.
1972 yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushirilib, gazni magistral gaz quvurlariga uzatishdan oldin aralashmalardan tozalash imkoniyati yaratildi. Mazkur zavod kengaytirilib, ishlab chiqarish (gazni qayta ishlash) quvvati ortib bordi. 1994 yilda uning to`rtinchi navbati ishga tushirildi. Endilikda respublika gaz qazib chiqarish sanoatini hamda tabiiy gazni va gaz kondensatini qayta ishlash bilan bog`liq ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling